|
Spermatozoidlarning konsentrasiyasini (Goryayev sanoq turida, FEK va eritrogemometr yordamida), tirik va o’lik (patologik) spermiylar foizini aniqlash
|
bet | 53/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTSpermatozoidlarning konsentrasiyasini (Goryayev sanoq turida, FEK va eritrogemometr yordamida), tirik va o’lik (patologik) spermiylar foizini aniqlash.
Spermiylar konsentrasiyasini aniqlash. Spermiylar konsentrasiyasi - bu spermadagi urug’ xujayralarining miqdor darajasi bo’lib, 1 ml spermadagi spermiylar soni milliardlarda o’lchanadi.
Spermiylar konsentrasiyasi Goryayev, Tom, Byurner, Makler sanoq kameralari, fotoelektrokolorifmetr (FEK-M), fotoelektrik elektrogemo-metr va standartlar yordamada aniqlanadi.
Spermiylarning konsentrasiyasini Goryayev sanoq to’ri yordamida aniqlashda 10-15 daqiqa vaqt sarflansa FEK-M bilan 1-2 daqiqada aniqlash mumkin, ammo FEK-M bilan aniqlash natijalarining to’g’riligini albatta Goryayev sanoq to’rida olingan natijalar bilan taqqoslab ko’riladi.
Spermiylar konsentrasiyasini Goryayev sanoq to’rida aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Sanoq kamerasini tayyorlash. 2. Spermani melanjerda suyultirish. 3. Sanoq to’riga suyultirilgan spermadan quyish. 4. Spermiylarni sanash. 5. Tekshiriladigan spermadagi spermiylarning konsentrasiyasini hisoblash.
Sanoq kamerasi spirt-efir bilan artilib quritiladi. Sanoq to’ri chetlari silliqlangan yopqich oyna bilan yopilib, yonboshida kamalak hosil bo’lgunga qadar ishqalanadi. Sperma melanjerlarda 3%-li natriy xlorid eritmasi bilan suyultiriladi. Eritrositlarni sanash uchun (qizil aralashtirgichli) melanjer 0,5, 1, 101 belgilari bo’ladi.
Buqalarning spermasi eritrositlarni sanash uchun melanjer yordamida 100 marta, qo’chqorlarniki esa 200 marta suyultiriladi.
Leykositlar uchun (oq aralashtirgichli) melanjer 0,5, 1 va 11 o’lchamlariga ega bo’lib, undan ayg’ir va erkak cho’chqalar spermasini 10 va 20 marta suyultirish uchun foydalaniladi.
Buqalarnipg spermasidan eritrositlarni sanash melanjerining 1 belgisigacha, qo’chqorlar spermasidan esa 0,5 belgisigacha, ayg’irlar va cho’chqalar spermasidan leykositlar uchun melanjerning 0,5 belgisigacha olinib, uning ustiga 101 va 11 belgisigacha 3%-li natriy xlorid eritmasidan olinadi. Melanjerlarning ikki tomoni yopilib 2-3 daqiqa davomida siltanib aralashtiriladi va 3-4 tomchi to’kib tashlanib, melanjerning uchi paxta bilan artiladi. Bundan keyingi tomchi sanoq kamerasiga quyiladi. Sanoq to’rining oraliq plastikasida ikkita to’r mavjud, shuning uchun aralashma ikkala tomondan quyiladi va 2-3 daqiqa davomida spermiylar cho’kib bo’lgandan keyin sanash boshlanadi. Avval mayda obyektivda to’r topiladi, keyin kattaobyektivda (ko’rish maydoniga bitta katta katak sig’ishi kerak) ko’riladi. Goryayev to’rdagi 225 ta katta kataklardan 25 tasi 16 tadan mayda katakchalarga bo’lingan. Spermiylar diaganal bo’yicha beshta katta (80 ta mayda) kataklarda sanaladi. Mayda katakchalar ichida va ularning chap va yuqorigi chiziqlari ustida (G shaklida) joylashgan spermiylarning faqat boshchalari hisobga olinadi. Har bir katta katakda sanalgan spermiylar soni yozib boriladi va spermiylar konsentrasiyasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
N x D x 4000 x 1000
K = ---------------------------
80
Bunda, K - 1 ml spermadagi spermiylar konsentrasiyasi (mlrd. hisobida);
N - 80 ta kichik katakchalarda sanalgan spermiylar soni;
D - suyultirish darajasi;
4000 - millimetr kubga aylantirish soni;
1000 - millilitr (ml) yoki santimetr kubga (sm3) o’girish koeffisiyenti.
I shni tezlashtirish maqsadida 80 ta kichik katakchalarda sanalgan spermiylar soni formula bo’yicha hisoblanmasdan, buqa spermasi 200, qo’chqorda - 100, ayg’ir va erkak cho’chqalarda 1000 ga bo’linib, spermiylarning 1 ml spermadagi soni milliard hisobida aniqlanadi. Masalan, 5 ta katta kataklarda 240 ta spermiylar sanalgan bo’lsa unda 1 ml spermadagi konsentrasiyasi 240 : 200 = 1,2 ml/mlrd. bo’ladi.
Spermadagi spermiylar konsentrasiyasini aniqlash bo’yicha olingan ma’lumotlar shu turdagi erkak hayvonlar spermasining o’rtacha ko’rsatkichlari (qo’chqor - 2-3; buqa - 0,8-1; ayg’ir - 0,1-0,25; erkak cho’chqa - 0,1-0,2; it - 0,1; qo’yon - 0,1; xo’roz va kurka - 2-4; g’oz - 0,3-1 ml.mlrd.) bilan taqqoslab ko’riladi.
8-rasm. Spermiylar sonini aniqlash. 1- Goryayev sanoq to’rida; 2- Byurker kamerasida; 3- Toma kamerasida spermiylarni sanash tartibi; 4- spermiylar konsentrasiyasini aniqlash standartlari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Spermatozoidlarning konsentrasiyasini (Goryayev sanoq turida, FEK va eritrogemometr yordamida), tirik va o’lik (patologik) spermiylar foizini aniqlash
|