|
-rasm. Biyaning tuxumdonida sariq tananing rivojlanishi sxemasi
|
bet | 49/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT14-rasm. Biyaning tuxumdonida sariq tananing rivojlanishi sxemasi: 1- qon quyqasi; 2- qon quyqasi o’rnini egallaydigan sariq tana xujayralari;3- ovulyasiya chuqurchasi; 4- follikulalar; 5- shakllangan sariq tana.
Qinning bachadonga yaqin qismidan olingan suyuqlikdan tayyorlangan surtmada yadrosi yaxshi ko’rinadigan yassi epileliy xujayralari va kamroq miqdorda leykositlar bo’ladi.
Hayvonda bezovtalanish va jinsiy moyillik belgilari yo’q, erkak hayvonga nisbatan reaksiyasi manfiy (otboy).
Cho’chqalarda jinsiy sikl. Cho’chqalar polisiklik hayvonlar hisoblanib, jinsiy sikl 20-21 kun davom etadi. Yaxshi parvarishlash va oziqlantirish sharoitida hamda erkak cho’chqalar bilan har kuni stimullash o’tkazilib turilganda jinsiy sikl tuqqandan keyingi birinchi oyda kuzatiladi. Ona cho’chqalarni parvarishlash va oziqlantirish qoidalarining buzilishi qayd etilgada ularda jinsiy sikl faqatgina bololalarini ajratgandan keyin kuzatilishi mumkin.
Jinsiy qo’zg’alish bosqichi cho’chqalarda sinxron (oqish, jinsiy qo’zg’alish va jinsiy moyillik 24 soat ichida ketma-ket kuzatiladi) va asinxron (fenomenlar orasidagi farq 24 soatdan 177 soatgacha) shaklda bo’lishi mumkin. Jinsiy siklni asinxron shaklda kechishi ko’pincha yoz oylarida kuzatiladi (N. P. Malinkin). Oqish fenomeni jinsiy lablarning qizarishi va shishi, qin dahlizi shilliq pardasining kuchsiz giperemiyasi, ba’zan shilimshiq suyuqlik oqishi bilan xarakterlanadi. Oqish fenomenining oxirida qonning dimiqishi hisobiga giperemiya (jinsiy lablarning ko’kimtir bo’yalishi) kuzatiladi.
Umumiy jinsiy reaksiya bezovtalanish, ishtahaning pasayishi, boshqa cho’chqalarga sakrashga harakat qilish bilan kechadi. Jinsiy moyillik yosh ona cho’qalarda o’rtacha 40 soat, katta yoshdagi cho’chqalarda - 50 soat davom etadi. Bu paytda urg’ochi cho’chqa erkak cho’chqaga tomon intiladi va uning sakrashiga to’sqinlik qilmaydi.
Ovulyasiya ko’pincha jinsiy moyillikning 2- kunida kuzatiladi va 24-48 soatda tugaydi, yosh ona cho’chqalarda - 1-3 kun davom etdi (I. G. Pitkyanen); bu jarayon 8 kun davom etishi mumkin (A. P. Studensov). Yosh ona cho’chqalarda odatda 16 tagacha, katta yoshdagi ona cho’chqalarda esa - 22 ta va undan ham ko’p follikulalar ovulyasiyaga uchrashi mumkin.
|
| |