|
Pufakchasimon bezning yallig’lanishi
|
bet | 45/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTPufakchasimon bezning yallig’lanishi (Spermatocystitis) odatda siydik yo’llari kasalliklari yoki unga yaqin joylashgan a’zolar kasalliklari bilan birgalikda kataral va yiringli yallig’lanish holida kechadi. Kataral yoki yiringli ekssudat bezning kattalashishi va devorining yupqalashishiga sabab bo’ladi. Eyakulyasiya paytida ekssudat spermaga aralashishi mumkin, nekrospermiya yoki qon aralashishi oqibatida sperma rangining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Sekretning chirishi oqibatida sperma qo’lansa hidga ega bo’ladi.
Diagnoz sperma tarkibida yiring yoki boshqa ekssudat aniqlanishi va to’g’ri ichak orqali tekshirilganda pufakchasimon bez hajmi va konsistensiyasining o’zgarishini e’tiborga olgan holda qo’yiladi.
Aspermiya. Simptomatik bepushtlik paytida kuzatiladi. Uni spermiogenezning buzilishi (alimentar, ekspluatasion impotensiya, urug’donning, urug’don xaltasining kasalliklari va b.) belgilari sifatida qarash mumkin. Tug’ma aspermiya kriptorxid hayvonlarda, hamda infantilizm va endokrin tizim (gipofiz, qalqonsimon bez) kasalliklarida kuzatiladi.
Yosh erkak qo’chqorlarda qalqonsimon bez olib tashlanganda aspermiya kuzatiladi. Tiroksin inyeksiya qilinganda qo’chqorning jinsiy funksiyalari qayta tiklangan. Qo’chqorlarda havoning issiq paytlarida qo’chqorlarda spermiogenezni kamayishini qalqonsimon bez faolligining pasayishi bilan izohlash mumkin.
Simptomatik aspermiya butun organizmning o’tkir va surunkali umumiy kasalliklarida, tana haroratining ko’tarilishi bilan kechadigan kasalliklarda kuzatiladi. Ba’zan aspermiya nerv buzilishlari va nerv-muskul tonusining pasayishi simptomi hisoblanadi.
Oligospermiya. Bu aspermiyaning boshlang’ich bosqichi yoki spermiogenezni tiklanishi belgisi bo’lishi mumkin.
Aspermiya va oligospermiya paytida spermiogenezga salbiy ta’sir etuvchi omillar yo’qotiladi. Erkak naslli hayvonga jinsiy funksiyalarni stimullovchi farmasevtik va biologik preparatlarni (BBQZ, sitospermotoksinlar, testolizat, pantokrin) qo’llash tavsiya etiladi. Naslli hayvonni ko’proq ochiq havoda saqlash, kamroq ishlatish, masion va urg’ochi hayvonlar bilan birga bo’lishi ta’minlanadi.
|
| |