|
Jinsiy a’zo va prepusiya xaltasining yallig’lanishi. (Balanitis et pasthetis)
|
bet | 44/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTJinsiy a’zo va prepusiya xaltasining yallig’lanishi. (Balanitis et pasthetis). Erkak hayvonlar jinsiy a’zosi bosh qismining yallig’lanishi - balanit deb, prepursiyning yallig’lanishi esa postit deb ataladi. Ko’pincha bu ikkala patologik jarayon birga uchraydi va balanopostit deb ataladi.
Sabablari. Kasallik qishloq xo’jalik hayvonlarining barcha turida uchraydi. Bu kasallik kelib chiqishiga mexanik shikastlanishlar, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik, patogen mikroblarning prepusiyaga tushishi, sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari balanopostit vibrioz, trixomonoz va boshqa yuqumli kasalliklar sababli kelib chiqishi mumkin.
Klinik belgilari. Kasallik o’tkir va surunkali o’tishi mumkin. O’tkir hollarda jinsiy a’zo shishgan, qizargan bo’ladi. Palpasiya qilinganda qattiq og’riq seziladi. Kasallik surunkali o’tgan og’riq kamroq bo’ladi, yiring oqadi. Ba’zan bu holat abssessga aylanadi. Prepusiya xaltasidagi muskul to’qimalarining o’sishi natijasida jinsiy a’zo prepusiydan chiqmaydi. Bu holat fimoz deb ataladi. Agar koitus vaqtida jinsiy a’zo prepusiydan chiqib qaytib kirmasa parafimoz deyiladi.
Davolash. Prepusiya xaltasi natriy gidrokarbonatning 3%-li eritmasi bilan yuviladi. Jinsiy a’zo shilliq pardasiga 10%-li sintamisin emulsiyasi surtiladi. Abssess yoki yiringli hollarda levomisetin, terramisin, biomisin yoki Vishnevskiy malhami surtiladi.
Prostatit (Prostatitis). Kataral yoki yiringli yallig’lanish holida infeksiya qo’zg’atuvchilarini gematogen yo’llar bilan ayniqsa ayirish tizimi kasalliklarida qo’shni a’zolardan o’tishi oqibatida rivojlanadi.
Yiringli yallig’lanishlarda, qaysiki abssesslar siydik yo’llariga ochilganda sperma tarkibiga yiringli ekssudatning aralashishi oqibatida u ko’kimtir yoki ko’kish-qo’ng’ir rangda bo’ladi. Mikroskopik tekshirishlar bilan spermada ko’p miqdordagi leykositlar, ba’zan eritrositlar va yiring tayoqchalari aniqlanadi.
Prostata bezi sekretining o’zgarishi nekrospermiyaga sabab bo’ladi. Surunkali yallig’lanishlarda biriktiruvchi to’qimaning o’sishi natijasida bezning kattalashishi siydik-jinsiy kanali yuzasining torayishi va oqibatda siydik ajratishning qiyinlashishiga sabab bo’ladi. Siydikning ajralishini qiyinlashishi va uning prostata bezi chiqaruvchi yo’llariga o’tishi oqibatida kistasimon hosilalar hosil bo’lishi mumkin.
|
| |