|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 40/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTYelinni massaj qilish. Massajning asosiy usullariga siypalash, iylash, turtkilash va uqalash kiradi. Ayrim hollarda yelinni massaj qilishning soddalashtirilgan usuli qo’llaniladi. Buning uchun yelinning o’ng yarmi oldingi va orqa choragining tashqi sirti imkoni boricha yaqin qilib ikkala qo’l bilan ushlanadi. Keyin sut bezi bosilib, qo’llar yelin uchigacha pastga tushiriladi. Yelinning chap yarmi ham xuddi shunday massaj qilinadi. G. I. Azimov yelinni masaj qilishning olti muolajadan iborat usulini taklif etgan:
Birinchi muolaja. Yelinning o’ng yarmi ikkala qo’l bilan massaj qilinadi. Ayni vaqtda qo’llar yelin choragining yuqorisidan pastiga, shuningdek, yon tomonlaridan orqa va oldingi yuzalarining o’rtasiga qarab yuritiladi. Bunda qo’lning bosh barmoqlari yelinning tashqi sirtidan sirg’anib boradi.
Ikkinchi muolaja. Yelinnig chap yarmi ham xuddi shunday harakatlar bilan massaj qilinadi, lekin bosh barmoq yelin bo’lagi o’rtasidagi chuqurchada, qolganlari esa uning tashqi sirtida bo’ladi.
Uchinchi muolaja. Yelinning oldingi o’ng choragi barmoqlarning doiraviy harakati bilan massaj qilinadi. Buning uchun bosh barmoqlar yelin choragining tashqi sirtiga, qolgan barmoqlar esa yelin choraklari orasidagi chuqurchaga qo’yiladi.
To’rtinchi muolaja. Uchinchi muolajada qanday harakat qilinsa xuddi shunday harakatlar bilan yelinning oldingi chap choragi massaj qilinadi. Bosh barmoq bilan yelin choragining ichki sirti, qolgan barmoqlar bilan esa tashqi sirti massaj qilinadi.
Beshinchi muolaja. Yelinning oldingi o’ng choragi qanday massaj qilinsa orqa o’ng choragi ham xuddi shunday massaj qilinadi.
Oltinchi muolaja. Yelinning orqa chap choragi qanday massaj qilinsa orqa o’ng choragi ham xuddi shunday massaj qilinadi. Massaj sigirni faqat sog’ishga tayyorlamasdan, balki, yelinni o’sishi va rivojlanishini yaxshilaydi, sut mahsuldorligini oshiradi va mastitlarning oldini oladi.
Parafin bilan davolash. Bunda suvsizlantirilgan parafindan foydalaniladi. 60°C haroratda suyultirilgan parafin toza yuvilib, quritilgan yelin terisiga chutkacha bilan surtiladi, keyin bu qatlam ustidan yana ham yuqoriroq haroratli (80-90°C) parafin surtilib, ustidan kleyonka va paxta qo’yilib bog’lanadi. M. I. Nikiforov parafin bilan davolashni venoz giperemiya bilan birga olib borishni tavsiya etadi. Buning uchun sut bezi vena qon tomiriga qisqa muddatga jgut qo’yiladi.
|
| |