• Cho’chqalar mastiti.
  • Qo’ylarda yelinning gangrenasi




    Download 2,5 Mb.
    bet37/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Qo’ylarda yelinning gangrenasi (Gangrena uberi sovis). Kasallik ko’pincha epizootiya shaklida kechadi. Asosan qo’ylar tuqqandan keyingi 4-6 haftasida kasallanadi. Infeksiya galaktogen yo’llar bilan, asosan jarohatlangan yelin terisi orqali tushadi.
    Klinik belgilari. Kasallangan qo’ylar bolasini emishga qo’ymaydi, ishtahasi yo’qoladi. Qiynalib harakatlanadi yoki kuchli oqsash kuzatiladi. Tana haroratini ko’tarilishi, yelinning jarohatlangan yoki hamma qismi kattalashgan, qattiqlashgan va kuchli og’riqli bo’ladi.
    Yelinning terisi qizargan va ba’zi joylarida ko’kimtir dog’lar paydo bo’ladi. Yelinning jarohatlangan qismi demarkasion (o’suvchi)chiziq bilan chegaralangan bo’ladi. Yelin qo’lansa hidli bo’ladi.
    Kasallik o’tkir kechadi. 2-3 kundan keyin yallig’lanish jarayoni qorin bo’shlig’i va orqa oyoqlarga tarqaladi, kasallik ko’pincha o’lim bilan tugaydi.
    Ayrim hollarda hayvon yashab qolganda ko’plab abssess uchoqlari hosil bo’lib, demarkasion chiziqdan yelinning jarohatlangan qisminig ko’chib tushishi va keyinchalik o’rnida chandiq o’sishi kuzatiladi.
    Oqibati noqo’lay bo’lib, ko’pincha kasallikning 4-5 kunda kasallangan qo’ylarning o’limi qayd etiladi.
    Davolash. Keng ta’sir doiraga ega antibiotiklar, streptosid va preparatlarni mahalliy va muskul orasiga qo’llash tavsiya etiladi. Iloji boricha tez-tez sog’ish lozim. Og’iz orqali 1:1000 nisbatli metil ko’kidan 1-2 osh qoshiq ichiriladi. Qotiruvchi, kuydiruvchi preparatlar mahalliy qo’llanadi. Hayvonning umumiy holati qoniqarli bo’lganda yelinning jarohatlangan qismi olib tashlanadi. Kasallikni oldini olish maqsadida qo’ylarni emlash kerak.
    Cho’chqalar mastiti. Cho’chqalarda mastit yelin so’rg’ichlarini cho’chqa bolalarining tishlashi natijasida jarohatlanishi, yelin so’rg’ichlari orqali, ba’zan galaktogen va gematogen yo’llar bilan infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqadi.
    Klinik belgilari. Yallig’lanish sut bezining bitta bo’lagini, sut bezining bir tomonini yoki hamma qismini egallagan bo’lishi mumkin. Yallig’langan qismi qizarishi, mahalliy haroratining ko’tarilishi va og’riqli bo’lishi bilan ajralib turadi. Sut bezining yallig’langan bo’lagi terisi taranglashgan, yaltiroq va burmalari to’g’rilangan bo’ladi. Yelin so’rg’ichidan suvsimon tarkibida ivimalar bo’lgan, ba’zan qizg’ich rangdagi suyuqlik chiqadi. Yiringli yallig’lanish rivojlanganda jarohatlangan bo’lakda mayda yiringli uchoqlar yoki 1-2 ta abssess uchoqlari paydo bo’ladi.
    Sut bezining gangrenasi paytida patologik jarayon qisqa vaqtda yelinning bir tomonini to’liq egallaydi. Yelinning ko’p qismida yiringli yallig’lanishning rivojlanishi hayvonda umumiy holatning yomonlashishi, ishtahaning va tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining yo’qolishi bilan kechadi.
    Davolash. Kataral mastitni davolashda oksitosin yuborish va tez-tez sog’ib tashlash, massaj, kamforali va ixtiolli malhamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Og’iz orqali rux monoxlorid (kalomel), geksametilentetramin fenilsalisilat (salol)kabi preparatlar tavsiyanomasiga asosan qo’llanadi. Qorin devori va jarohatlangan yelin bo’lagi orasidagi bo’shliqga 30-40 ml 0,25-0,5%-li novokain eritmasiga 200-300 ming TB penisillin aralashtirilib yuboriladi. Yeringli uchoqlar xirurgik usullarda yorilib, tozalanadi va davolash muolajalari o’tkaziladi. Gangrenali mastit paytida yelinning jarohatlangan qismi olib tashlanadi.
    Cho’chqalar o’tkir zardobli mastiti (sut bezi isitmasi). Cho’chqa bolalari o’lganda yoki juda nimjon tug’ilganda sut bezida sutning dimiqib qolishi zardobli mastitga sabab bo’lishi mumkin. Kasallik tug’ishdan keyingi birinchi 3 kunda qayd etiladi.
    Klinik belgilari.Qorin devorining pastki tomoni terisi yaltiroq, qizil yoki qizg’ich-ko’kimtir rangda, mahalliy harorat yuqori, hamma yelin bo’laklari shishgan va og’riqli bo’ladi. Paypaslanganda kamroq miqdorda sut ajralishi mumkin yoki umuman hyech narsa chiqmaydi. Kasal hayvon yon tomoni bilan yotadi, bolalarini emishiga qo’ymaydi, ishtahasi yo’qoladi, tana harorati 41- 41,5 °S atrofida, yurak urishi tezlashgan, nafas zo’riqqan bo’ladi.
    Umumiy holatning yomonlashishi, ovqat hazm qilish tizimi hisobiga intoksikasiya kuzatilib, patologik jarayon 3-4 kun davom etadi.
    Davolash. Sut bezlari kuniga 3-4 marta sovuq suv bilan yuvib turiladi. Yelin terisiga kamforali spirt yoki kamforali, ixtiolli malhamlar surtiladi. Og’iz orqali kungaboqar yog’i, salol tavsiya etiladi. Profilaktik maqsadda antibakterial vositalar tavsiya etiladi. Hayvon sog’aygandan keyin ko’pincha agalaktiya saqlanib qolishi mumkin.

    MASTITLARNI DAVOLASh


    Etiologik omilning xarakteri qanday bo’lishiga qaramasdan yallig’lanish jarayonining rivojlanish mexanizmi doimo bir xil bo’ladi. Ular nerv tomirlari qo’zg’aluvchanligi va o’tkazuvchanligining buzilishi, limfa va qon aylanishining bo’zilishi, qon bosimining ortishi, gistaminlar, asetilxolin, adenozintrifosfat va adenil kislotasi, pepton, albumoz, aminokislotalar, keton tanachalari miqdorining ortishi, gialuronidazalar, katalazalar va boshqa fermentlar faolligining ortishi bilan xarakterlanadi. Qon va limfa aylanishining izdan chiqishi yelinda qon va limfa aylanishining sekinlashishi oqibatida to’qimalar oziqlanishining yomonlashishi, hosil bo’lgan suyuqliklarning yelindan oqib chiqib ketishining yomonlashishiga sabab bo’ladi. Yelinda kuzatiladigan bu va boshqa o’zgarishlarni faqatgina antibiotiklarni qo’llash bilan yo’qotib bo’lmaydi. Sut bezining izdan chiqqan funksiyalarini tiklashga murakkab nerv-qon tomir o’zaro aloqalar va to’qimalarning trofikasini me’yorlashtirish orqali erishish mumkin.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




    Download 2,5 Mb.