• Pituitrin va oksitosinni qo’llash.
  • Sovuq va issiq qo’yish.
  • Sulfanilamidlar bilan davolash




    Download 2,5 Mb.
    bet39/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Sulfanilamidlar bilan davolash. Sulfanilamidlarning (sulfapiridazin, sulfadimetoksin, sulfamonometoksin, salazopiridazin, ftazin va b.) uzoq muddatli bakteriostatik ta’siri mastitlarni davolashda samarali bo’ladi.. V. K. Kopыtin sulfapiridazin preparatini (1 kg tana vazniga 0,1 g hisobida), qo’llash bilan mastitning turli shakllarida sut bezi funksiyalarini 93-98% kasallangan hayvonlarda to’liq tiklanishiga erishgan. Sulfanilamidlar har 24-30 soatda bir marta tavsiya etiladi.
    V. G. Vasilyev turli shakldagi mastitlarni davolashda quyidagi tarkibli dorivor aralashmani qo’llashni tavsiya etadi: 0,5 g novokain, 10 g geksametilentetramin, 1 g kaliy yodid, 10 YeD oksitosin, 100 ml gacha qaynatib sovitilgan suv. Aralashma 60-120 ml yelinning jarohatlangan bo’lagi uch-to’rt joyiga yelin bo’laklari oralig’i biriktiruvchi to’qimasiga 60-120 ml 12 sm uzunlikdagi igna yordamida yuboriladi. Shu eritmani unga oksitosin aralashtirmasdan yelin so’rg’ichi kanali orqali ham yuborish mumkin.
    Pituitrin va oksitosinni qo’llash. Preparatlar vena qon tomiriga 40 TB miqdorida yuboriladi va inyekiya 6-12 soatda qaytarib turiladi. Bu dorilar turli etiologiyali zardobli va kataral mastitlarni davolashda yuqori samara beradi.
    D. D. Logvinov pituitrinni aorta qon tomiri ichiga 5 TB/100 kg miqdorida qo’llashni tavsiya etadi, inyekiyani 48 soatda qaytarish (2-4 martagacha) mumkin. Mastit bilan kasallangan sigirlarni davolashning samarali usullaridan yana biri novokain bilan pitutrinni birgalikda qo’llashdir. Bunda kasal hayvonning har 1 kg tana vazni hisobiga 2 mg novokain va har 100 kg vazni hisobiga 5 TB pituitrin olinib aorta qon tomiriga yuboriladi. Aortaga oldin 20-25 TB pituitrin, 2-3 daqiqadan keyin 100 ml 1%-li novokain eritmasi yuboriladi. Bunday kompleks davolash usuli zardobli, kataral, fibrinli va yiringli-kataral yallig’lanishlarda yaxshi natija beradi. Oksitosin va pituitrindan foydalanilganda sigirning jarohatlangan yelin choragini tez-tez sog’ib turish kerak.
    Sovuq va issiq qo’yish. Sovuq va issiq kompresslardan to’g’ri foydalanish bilangina ko’zlagan natijaga erishish mumkin. Agar noto’g’ri ishlatilsa foyda bermaydi, balki kasal hayvonga zarar yetkazishi ham mumkin.
    Sovuq kompreslar kasallikning birinchi soatlarida qo’yiladigan sovuq primochka va yelinga surtiladigan balchiqlar shaklida bo’ladi. Balchiq ishlatish texnikasi quyidagicha: qisman balchiq bilan to’ldirilgan chelakka sovuq suv quyiladi va yaxshilab aralashtirilgandan keyin bo’tqasimon quyuq massa hosil bo’ladi. Bunda tosh va qum aralashmagan, toza, yumshoq tuproq ishlatiladi. Yelin jarohatlangan yoki yorilgan bo’lsa unga balchiq qo’yib bo’lmaydi. Sigir sog’ib olingandan keyin yelinning yallig’langan qismiga 1-2 sm qalinlikda balchiq surtiladi.
    Balchiq qurib qolsa sovuq suv bilan yuvib tashlanib, yangidan surtib qo’yiladi. Dastlab balchiq har soatda, mahalliy harorat pasayib borgan sayin har 1,5-2 soatda almashtirib turiladi. Balchiqni 5-20 soat mobaynida turishi maqsadga muvofiqdir. Balchiq ishlatishning asosiy sharti muttasil sovuq ta’sir ettirib turishdir.
    Balchiqni qorishtirgan vaqtda 1 l suv 2 osh qoshiq hisobida suyultirilmagan sirka kislotasi qo’shish lozim, chunki sirka antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
    Issiqlik - moychechak, chirigan pichan yoki torfdan quyiladigan priparkalar va isituvchi kompresslar ko’rinishida bo’ladi. Chirigan pichan torf va boshqalar chelakka solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi, suvining ortiqchasi siqib tashlanadi va 45° gacha sovitilib, keyin xaltaga solinadi.
    Xalta bo’yi bilan eni priparka qo’yiladigan joydan sal kattaroq to’ldirilgan, qalinligi esa 5-7 sm gacha bo’lishi lozim. Oldin xaltani torf, chirigan pichan va boshqalar bilan to’ldirib, og’zini tikish, yelinga to’g’ri keladigan qilib moslash, keyin esa chelakka solib bug’lash ham mumkin.
    Kompress umumiy qabul qilingan qoidalarga muvofiq qo’yiladi. Sigir sog’ib olingandan keyin yeliniga issiq narsa qo’yiladi. Priparka yoki kompressni ushlab turish uchun materialdan tayyorlangan bog’lam ishlatiladi. Bog’lam sirg’anib, sigirning qorniga tushib ketmasligi uchun u orqa tomondagi ikki joyidan dumning ikki tomonidan o’tkazib, belga bint yoki arqon bilan bog’lab qo’yiladi.
    Issiqlikni saqlab turish uchun priparkali xalta bilan bog’lam orasiga kleyonka solinadi. Issiqdan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 1) kompress yoki priparka tagiga tashqaridan havo kirmasligi uchun ular yelinga zich taqalib turishi kerak; 2) kompress yoki priparkani boylamga suv oqib tushmaydigan darajada namlab va siqib tashlash lozim; 3) kompress va priparkalar mahkam bog’langan hamda yelindan sirg’anib tushib ketmaydigan bo’lishi lozim.
    Issiqni saqlab turish uchun kompress yoki priparka bir sutkada ko’pi bilan ikki marta alamashtiriladi. Kompress yoki priparka olinganidan keyin yelin quruq sochiq bilan artiladi va issiq qilib o’rab qo’yiladi. Shu maqsadda yelinga tutiladigan maxsus paxtaliklar ham ishlatiladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




    Download 2,5 Mb.