• Qo’ylar mastiti.
  • Turli hayvonlarda mastitlar




    Download 2,5 Mb.
    bet36/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Turli hayvonlarda mastitlar.
    Biyalar mastiti. Biyalarda asosan yelinni bir tomolama, ba’zan ikkala tomonining ham kataral va kataral-yiringli yallig’lanishi kuzatiladi. Yelinning jarohatlangan qismi qizarib shishadi, qattiqlashadi (xamirsimon konsistensiyada), paypaslanganda og’riqli va mahalliy harorat ko’tarilgan bo’ladi. Biya bolasini emishiga qo’ymaydi, yurganda o’zini avaylaydi yoki oqsash kuzatiladi. Sog’ib ko’rilganda suvsimon, ivimalar aralashgan sut yoki zardobli-yiringli ekssudat ajraladi. Yiringli yallig’lanishning rivojlanishi bilan yelinning jarohatlangan bo’lagida bitta yoki bir necha abssess uchoqlari paydo bo’ladi. Abssesslar yumshoq o’lgan to’qimalardan iborat va yiringli ekssudat bilan to’lgan bo’ladi. Ko’pincha yelinning yallig’lanishi organizmning umumiy reaksiyasi, tana haroratining ortishi va ishtahaning pasayishi bilan kechadi.
    Davolash. Yelinni tez-tez sog’ish bilan bo’shatib turish lozim. Toychasini ajratib yelinning sog’lom bo’lagidan sog’ib olingan yoki boshqa biya suti bilan boqish lozim. Sigirlarda mastitlarni davolashdagi tepapevtik usullardan foydalaniladi. Yallig’lanish jarayonining xarakteriga ko’ra, sovuq, keyingi kunlardan boshlab, issiq qo’yiladi, yelin terisiga kamforali spirt, kamfora i yuborish yaxshi natija beradi. Hosil bo’lgan abssesslar yorilib, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov beriladi. Kasal biyaga suv berish chegaralanadi va quruq oziqalar beriladi. Surgi dorilar tavsiya etiladi.
    Qo’ylar mastiti. Qo’ylarda ham sigirlarda uchraydigan mastitlarning turlari uchraydi. Suruvdagi qo’ylarda mastit ko’pincha havoning issiq paytlarida, ya’ni oziqalar yetarli bo’lmaganda qo’ylarda gipogalaktiya kuzatilib, qo’zilarning to’xtovsiz onasini emishi natijasida yelin so’rg’ichlari jarohatlanadi.
    Mastitlarning barcha turlarida sutning tarkibida patogen mikrofloralar (ko’pincha stafilokokklar) aniqlanib, kasallik o’tkir tarzda kechadi. Mastit bir turdan ikkinchi turga o’tib, og’irlashib boradi.
    Davolash. Qo’ylarda mastitlarni davolashda D. D. Logvinov bo’yicha qisqa novokainli blokada o’tkazish tavsiya etiladi (40-60 ml 0,5%-li novokain eritmasiga 600000 TB bisillin-3 arlashtiriladi). Talab etilganda inyeksiyani 3-4 kundan keyin takrorlash mumkin. Vena qon tomiri orqali 600 ming TB bisillin-3 yoki 1500 ming TB bisillin-5 inyeksiya qilinadi.
    Qo’ylarda yuqumli mastitlar ham kuzatilib, ularning qo’zg’atuvchilari stafilokokk, pastirellalar va boshqa mikroblar bo’lishi mumkin.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




    Download 2,5 Mb.