• Odatlangan (takrorlanuvchi) bola tashlash
  • Jarohatlanishlar oqibatidagi bola tashlash




    Download 2,5 Mb.
    bet34/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Jarohatlanishlar oqibatidagi bola tashlash (Travmatik abort, Abortus traumaticus). Qorin devorining urilishlari, keskin harakatlar, to’siqlardan sakrash, tayrinish, yiqilish, ayniqsa yuz bilan (uch tarmoqli nerv) yiqilish, to’g’ri ichak va qin orqali tekshirishda qo’pollik, bo’g’oz hayvonni sun’iy urug’lantirish, uzoq masofaga tez yugurtirish, og’ir ishlarda foydalanish, qo’rqish (psixologik travma) bola tashlashga sabab bo’lishi mumkin.
    Sigirlarda travmatik abortlar tor yo’laklardan haydash, ko’p hayvonni bir joydan sug’orish, oxirlarning yetishmasligida bo’g’oz hayvonlarning bir-birini urishi oqibatida kuzatilishi mumkin.
    Otlarda temperamenti bir-biriga to’g’ri kelmaydigan juftliklarni bir xil ishga qo’yish, sport mashg’ulotlarida, to’siqlardan oshib o’tish, yugurtirish paytidagi jarohatlar bola tashlashga sabab bo’ladi.
    Cho’chqalarda travmatik abortlar bir joyda ko’p sonli bo’g’oz hayvonlarni saqlashda oziqlantirish paytida bir-birini o’rishi, yotish uchn joy talashishi oqibatida kelib chiqishi mumkin.
    Jarohatlanishlar oqibatidagi bola tashlash odatda bo’g’ozlikning oxirgi uchinchi davrida kuzatiladi. Og’ir ishlarda foydalanish, to’laqimmatli oziqlantirmaslik, ayniqsa hayvonni semizlik darajasining past bo’lishida bo’g’ozlikning dastlabki davrlarida ham kuzatilishi mumkin.
    Jarohatlanishlar oqibatidagi bola tashlashlarning kechishi etiologik omillarning kuchiga bog’liq bo’lib, ko’pincha 4-12 soatdan keyin, ba’zan 2-3 kundan keyin homilaning chiqarilishi bilan kechadi. Ba’zan urilishlar oqibatida homila yo’ldoshining homila va bachadon tomoni o’rtasiga qon quyulishida bola tashlash bir necha kundan keyin kuzatilishi mumkin.
    Odatlangan (takrorlanuvchi) bola tashlash (Abortus habitualis) – simptomatik va idiopatik abortlarning bir turi bo’lib, barcha turdagi hayvonlarda, ko’pincha biya va sigirlarda kuzatiladi. Odatlangan bola tashlashning mohiyati shundan iboratki, yaxshi sharoitda parvarishlanishiga qaramasdan, ba’zi urg’ochi hayvonlarda bo’g’ozlik har doim bir xil muddatda buziladi. Odatlangan abort asosan bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi.
    Odatlangan bola tashlashlarning asosiy sabablari infantilizm, yallig’lanishi oqibatida bachadonning shiliq pardasi va muskulli qavatida chandiqlar hosil bo’lishi hisoblanadi. Ba’zan endokrin, neyrogen omillar va yaqin chatishtirish oqibatida ham kuzatilishi mumkin.
    Diagnoz oldingi bo’g’ozliklar, tug’ish jarayonlari va tug’ishdan keyingi kasalliklarning kechishini hisobga olgan holda qo’yiladi. Bola tashlanganda homila yo’ldoshining qon tomirli pardasini tekshirishda ayrim joylarda so’rg’ichlar (kavshovchilarda bachadonning bir shoxida katelidonlarni yo’qligi yoki juda kamligi) yo’qligi aniqlanadi.
    Oldini olish. Abort takrorlanib turadigan hayvonlarni asosiy podadan chiqarilib, kupaytirish uchun shartli yaroqli deb hisoblanadi. Bunday hayvonlar bo’g’oz bo’lsa ularni alohida e’tibor bilan parvarishlash, rasionga sifatli oziqalar, o’stirilgan donlar maysasining kiritilishi, og’ir ishlardan ozod qilinishi (biyalar) ularda bo’g’ozlikni me’yorida kechishini ta’minlashi mumkin.
    ABORTLAR PAYTIDA UMUMIY TADBIRLAR
    Bola tashlagan hayvonni alohida ajratib, uni saqlaydigan joylar mexanik tozalanib dezinfeksiya qilinishi, homila va uning pardalari toza hamda yorug’ joyda ko’zdan kechirilishi kerak. So’ngra abort bo’lgan homila yoki uning qismlari suv o’tkazmaydigan idishlarga solinib shuningdek, o’lgan homiladan olingan qon veterinariya laboratoriyalariga jo’natiladi. Agar bola tashlagan sigirlar vibrioz yoki trixomonoz kasalligiga gumon qilinsa unda qinning bachadon bo’yinchasidan shilimshiq modda olinib tekshiriladi.
    Bola tashlash sabablarini aniqlashda anamnez ma’mulotlarini e’tiborga olish kerak. Bola tashlash sabablari aniqlangandan so’ng hayvon davolanadi. Xo’jalikda hayvonlarda bola tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
    Yuqumli kasalliklar oqibatida sodir bo’ladigan bola tashlashga gumon qilinganda avvalo brusellyoz, vibrioz va trixomonoz kasalliklariga tekshirish o’tkazilishi kerak.
    Hayvonlarning yalpi bola tashlashi ko’p hollarda yuqumli kasalliklar va oziqlanishning yetarli bo’lmasligi oqibatida kuzatiladi. Bola tashlashga sabab bo’lgan yuqumli kasallik aniqlanganda ma’lum ko’rsatma asosida qarshi kurash choralari o’tkaziladi.
    Yuqumli va parazitar kasalliklar yo’qligiga ishonch hosil qilingunga qadar bola tashlashlarga yuqumli kasallik sifatida qaraladi va veterinariya qonunchiligida ko’rsatilgan tadbirlar amalga shiriladi. Ko’pchilik bola tashlashlar ona hayvon organizmi va homila organizmida murakkab fiziologik jarayonlarning izdan chiqishi va ona organizmi bilan homila o’rtasidagialoqaning yetarlicha bo’lmasligi qibatida kuzatiladi. Veterinariya mutaxassisining asosiy vazifasi bola tashlashlarning etiologiyasidagi asosiy omillarni aniqlash hisoblanadi. Ko’pincha homila bachadonda o’lik holda yotgan bo’ladi va keskin harakat, ishlatish yoki boshqa sabablar ta’sirida uning tashqariga chiqarilishi tezlashadi. Bu bola tashlashning sababini asossiz ravishda travmalar deb qarashga sabab bo’ladi. Ba’zan homilaning o’lishi va unig tashqariga chiqarilishi o’rtasida uzoq vaqt o’tadi va patogen omil (sanchiq, kuchli ishlatish, sifatsiz oziqalar berilganligi) veterinariya vrachining hayolidan chiqqan bo’ladi. Yana shunday holatlar bo’ladiki, qandaydir omillar ta’sirida ona hayvon organizmi funksiyalarining qisman buzilishi kuzatilib, patologik jarayon surunkali kechadi, homilaning o’limi bu sabablarga bog’liq bo’lmagan holda kuzatilgandek bo’ladi. Shuning uchun batafsil tekshirishlar natijasida ham bola tashlashlarning aniq sabablarini aniqlashnig iloji bo’lmaydi.
    Kuzatilgan bola tashlashlarni yashirish og’ir asoratlaga olib kelishi mumkin, masalan, molboqarlar tomonidan bola tashlashlar kuzatilshini yashirishi oqibatida yuqumli kasalliklarnig tarqalish havfi kuchayadi, bola tashlagan urg’ochi hayvonga yordam ko’rsatilmaganligi tiklab bo’lmaydigan asoratlarga olib kelishi mumkin.
    Bola tashlashlarnig sabablari to’g’risida obyektiv va ilmiy asoslangan holda xulosa qilish va davolash-profilaktik tadbirlarni tashkil etishda doimo abortlarning yuqumli yoki parazitar xususiyatli emasligini aniqlash lozim, o’lgan homilani va uning pardalarini anatomik jihatdan batafsil tekshirish bilan rivojlanishida nuqsonlar va patologik jarayonlar yo’qligi tekshiriladi. Alimentar abortlarni aniqlash yoki inkor qilish uchun rasion tarkibi va oziqalar sifati, ona hayvonni oziqlantirish tartibi o’rganiladi. Simptomatik yoki travmatik abortlarni aniqlash yoki inkor qilish uchun asos bo’ladigan omillar o’rganiladi.
    Bola tashlanlarning sabablari va oldini olish tadbirlarini belgilashda hal qiluvchi xlosani homilani, homila pardalari va ona hayvon organizmini batafsil tekshirish natijalari asosida belgilash mumkin.
    Abort ko’zatilganda ona hayvonni alohida joyga ajratish, abort kuzatilgan joyda dezinfeksiya o’tkazish, tushamalarni yoqib yuborish lozim. O’lgan homila yoki uning alohida a’zolari va homila pardalari abort kuzaitilgandan 12 soat ichida tekshirish uchun laboratoriyalarga yuboriladi. Xo’jalikda qolgan homila, homila pardasi zarasizlantirilib, yo’qotiladi.

    ABORTLARNI OLDINI OLISh TADBIRLARI


    Bola tashlashlarning oldini olishga ekologik jihatdan qarash lozim, chunki bola tashlashga sabab bo’ladigan parvarishlash sharoitlarining yomonlashishi, stresslarga sabab bo’ladigan (alimentar, travmatik va boshqalar) omillar ta’siriga ona organizmining moslashmasligibola tashlash bilan yakunlanadi. Shuning uchun bola tashlashlarning oldini olish profilaktik tadbirlar majmuidan iborat bo’lishi lozim.
    Bola tashlashlarni oldini olish tadbirlarini amalga oshirish uchun yetarli mutaxassislar, chorvador xizmatchilar jalb etilishi, bo’g’oz hayvonlar uchun optimal parvarishlash va oziqlantirish sharoitlarini tashkil etish bilan organizm rezistentligini oshirish, turli xil stresslarga nisbatan moslashish xususiyatlarini yaxshilash lozim.
    Bola tashlashlarni oldini olishda zootexnikaviy tadbirlar oziqalar sifatini nazorat qilib turish, oziqalar tarkibidagi to’yimli moddalar miqdorini aniqlash, hayvonlarni oziqlantirishni takomillashtirish orqali oqsillar, vitaminlar (A, Ye, V1, V2, V12, pantoten kislotasi), mineral moddalar (kalsiy, fosfor, marganes, yod, mis, kobalt, rux) va boshqa moddalar yetishmasligini oldini olishdan iborat bo’ladi. Bo’g’oz hayvonlarga sifatsiz, muzlagan oziqalar, tarkibida zaharli moddalar, fitoesterogenlar saqlovchi oziqalar berilishi taqiqlanadi. Bo’g’oz hayvonlar rejali ravishda yayratilib turiladi. Ular uchun optimal mikroklimat sharoiti yaratiladi.Bo’g’oz hayvonlarni tiqis saqlash, tor yo’lkalardan haydash, oziqlanish va sug’orish paytida tiqilishlariga yo’l qo’yilmaydi hayvonlarni juftlash va inbriding nazorat qilinib turiladi, aks holda letal va poluletar genlar gomozigot holatga o’tadi va murtak yoki homilani o’limi, shuningdek majruhliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
    Veterinariya-sanitariya tadbirlarini o’tkazish uchun kerakli veterinariya obyektlarini tashkil etish kerak. Chunki bola tashlash bilan kechadigan ko’pchilik kasalliklar antropozoonozlar hisoblanadi.
    Veterinariya tadbirlari bo’g’oz hayvonlar saqlanadigan joylarda sanitariya rejimini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Xo’jalikga chetdan keltiriladigan barcha karantinga qo’yilib, yuqumli kasalliklarni aniqlashga qaratilgan tekshirishlardan o’tkaziladi. Epizootologik holatning xususiyatlariga ko’ra, kompleks profilaktik tadbirlar o’tkaziladi. Spermaning mikroorganizmlar bilan zaralanganligi tekshiriladi. Oziqalar toksikologik tekshirishlardan o’tkaziladi. Turli davolash-profilaktik tadbirlarni o’tkazishda hayvonlarning yiqilishlariga yo’l qo’yilmaydi. To’g’ri ichak orqali bo’g’ozlikni aniqlashda ehtiyot bo’lish, bo’g’oz hayvonlarda hazm tizimi kasalliklarini o’z vaqtida oldini olish va davolash lozim. Bo’g’oz hayvonlarga arekolin, fizostigmin, asetilxolin, veratrin, ezerin, ergotin, estrogenlar, uterotonik preparatlar, prostaglandinlar kabi kuchli ta’sir etuvchi dorilarni qo’llash mumkin emas.
    Hayvonlarda bola tashlashni oldini olish uchun asosan qo’yidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
    1. Biologik jihatdan sifatli oziqalar berish bilan hayvonlar organizmi rezistentligini oshirish.
    2. Hayvonlarni parvarishlash va oziqlantirish zoogigiyenik qoidalariga to’liq amal qilish.
    3. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarini oldini olish, shu jumladan karantin, hayvonlarni emlash, molxonalarni dezinfeksiya qilish kabi chora-tadbirlar bo’yicha veterinariya qonunchiligi qoidalarga rioya qilish.
    4. Urg’ochi hayvonlarni tabiiy va sun’iy urug’lantirishda sanitariya- gigiyena tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish.

    SUN’IY ABORT



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarohatlanishlar oqibatidagi bola tashlash

    Download 2,5 Mb.