Veterinariya akusherligi




Download 2,5 Mb.
bet35/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

Sun’iy abort (Abortus artificialis) – veterinariya mutaxassislari tomonidan terapevtik yoki iqtisodiy maqsadlarda bo’g’ozlikni buzish hisoblanadi.
Veterinariya amaliyotida sun’iy bola tashlatish juda kam kuzatiladi. Bu muolajani o’tkazish tos bo’shlig’ining juda torligi va qiyshiqligi, bachadondan kuchli qon ketishida ona hayvonning hayoti xavf ostida qolishi, homila pardalari istisqosi, tug’ishdan oldin yotib qolish, ko’p bolali bo’g’ozlik paytida ona organizmining kuchli oriqlashi, osteomalyasiya va boshqa patologik jarayonlar paytida tavsiya etiladi.
Biya va sigirlarda bola sun’iy tashlatishning bachadonni mexanik yoki termik ta’sirlantirish va keyinchalik to’lg’oq va kuchanishlarni qo’zg’atishga asoslangan operativ usullari qo’llaniladi. Bu usullar orasida bachadon bo’ynini mexanik kengaytirib ochish usuli ko’p qo’llaniladi. Buning uchun tashqi jinsiy lablar yuvilib, hayvon tik turgan holatda fiksasiya qilingach, jinsiy lablar qin oynasi yordamida ochilib, kornsang yoki qisqich yordamida bachadonning bo’yni fiksasiya qilinib, asta-sekin tortilib jinsiy lablardan tashqariga chiqarib olinadi. Barmoqlarni aylanma harakatlantirish bilan bachadon bo’yni ochilib, Esmarx krushkasi yordamida bir necha litr kuchsiz dezinfeksiyalovchi eritmalar yoki osh tuzining 45-50°S haroratdagi gipertonik eritmasi yuboriladi.
Bachadonni bunday termik ta’sirlantirishda uning qisqarishi kuzatilmaganda 10-12°S haroratdagi eritmalar yuboriladi. Bachadon shilliq pardasi va xorionning o’rtasiga toza gliserin (250-500 ml) yuboriladi, bunda bachadonni ta’sirlantirib, homila yo’ldoshining homila va bachadon tomonlarini bir-biridan ajratadi, asosiysi xorionning so’rg’ichlarini suvsizlanishini ta’minlaydi. Gliserinning o’rniga lyugol eritmasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmalar ishlatilishi mumkin.
Ba’zan biyalarda hyech qandan aslahalarni ishlatmasdan barmoqlarni burg’usimon harakatlantirish bilan bachadon bo’ynini qo’l ketadigan darajada ochish mumkin bo’ladi. Sigirlarda bachadon bo’ynini tashqariga chiqarib olmasdan ochishning iloji yo’q.
Sigirlarda bo’g’ozlikning birinchi yarmida hali homila yo’ldoshining gormonal funksiyasi kuchsiz bo’lgan paytda tuxumdondagi sariq tanani to’liq ezib yuborish bilan bola tashlatishga harakat qilinadi. Sariq tanani prostaglandina F2a preparatini qo’llash bilan yo’qotish mumkin.
Mayda hayvonlarda (it, mushuk) va cho’chqalarda bola tashlatish tavsiya etilganda kesarev operasiyasi yoki bachadonni amputasiyasi o’tkaziladi.

BOLA TAShLAShLARNING ASORATLARI


Bachadonda o’lib qolgan homilani olib tashlash paytida aseptika va antiseptika qoidalariga rioya etilmasligi, shuningdek, zoogigiyenik talablarga rioya etilmasligi ayniqsa biyalarda bola tashlashdan keyingi septisemiya, piyemiya yoki septikopiyemiyaga sabab bo’lishi mumkin. Bola tashlashdan keyin barcha turdagi asoratlar kuzatilishi mumkin (bachadonning atoniyasi, endometritlar). Ayniqsa ko’pincha homila yo’ldoshini ushlanib qolishi qayd etiladi. Bola tashlagan hayvonda tana haroratini ko’tarilmasligi yaxshi belgi, aksincha haroratni ko’tarilishi va homila yo’ldoshini ushlanib qolishi bachadonga infeksiya tushishi va uning yallig’lanishining belgisi hisoblanadi. Abortlar odatda gipogalaktiya bilan kechadi.
Davolash. Bola tashlashlarning asoratlari ham tug’ishdan keyingi kasalliklarni davolashdagidek davolanadi. Lekin homila yo’ldoshini bola tashlashning birinchi kunlarida ajratib olish lozim, aks holda keyingi kunlari qisqarib qolishi sababli qo’lni bachadon bo’yniga kiritib bo’lmaydi.



Download 2,5 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Download 2,5 Mb.