|
Bachadondan tashqaridagi bo’g’ozliklar
|
bet | 29/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTBachadondan tashqaridagi bo’g’ozliklar.
Idiopatik yuqumsiz abortlar. Sun’iy abortlar.
YUQUMSIZ BIRLAMCHI (INDIOPATIK) ABORTLAR
Idiopatik abortlar barcha turdagi hayvonlarda qayd etilishi mumkin.
Homilani nuqsonli rivojlanishi. Genetik jihatdan noto’g’ri rivojlanish (erkak hayvon genlarida yetishmovchilik bo’lishi), moddalar almashinuvidagi to’g’ma yetishmovchiliklar, hayvonning turli kasalliklar bilan og’rishi, yoki tashqi noqo’lay omillarning ta’sirida tuxumdonlar yoki urug’donlar ko’payuvchi to’qimalarida anatomik o’zgarishlar kuzatilishi avvaliga tuxum va urug’ xujayralarining to’laqimmatli bo’lmasligi keyinchalik, murtakni o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Xromosomalar apparatidagi yetishmovchiliklar, organizm genetik kodining noto’g’ri bo’lishi lipidlar, aminokislotalar va uglevodlar almashinuvi buzilishlari bilan xarakterlanadigan og’ir kasalliklariga sabab bo’ladi.
Adabiyotlarda terining genetik jarohatlanishi, yurak qon-tomir tizimining kasalliklari va boshqa kasalliklar to’g’risida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Deyarli barcha nuqsonli rivojlanish va majruhliklar genlar va xromosomalardagi yetishmovchiliklarning oqibatlari hisoblanadi.
Homila komponentlarining yetishmovchiliklari asosan uning taraqqiyotini murtakning maydalanishi bosqichi yoki embrional davrida (tug’ma bepushtlik) o’limiga sabab bo’ladi.
Organizm shakllanishida uning o’sishi va rivojlanishini boshqarishda ichki mutanosiblikning buzilishi ko’pincha homilaning o’limida asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Murtak, homila va yangi tug’ilgan hayvonning sifati va individual xususiyatlari tuxum xujayrasi va spermiylarning hosil bo’lishi, otalanish, homilani o’sishi va rivojlanishi davrlarida belgilanadi. Jinsiy xromosomalarning turli patologik holatlarida murtak, embrion va homilaning o’limi kuzatiladi, ya’ni bola tashlash yoki homilani turli tug’ma nuqsonlar bilan tug’ilishi qayd etilib, uning barvaqt o’limi, boshqa individlarga nisbatan to’laqimmatli bo’lmasligi, bunday hayvonlar kelguvsida reproduktiv maqsadlarda foydalanilganda nasliy to’laqimmatli bo’lmagan nasl berishi kuzatiladi.
Har bir homila o’zining chidamlilik, reaktivlik, ona organizmiga stimullovchi ta’sir etish kabi nasliy xususiyatlariga ega bo’ladi. Aynan shuning uchun masalan, bir xil sharoitda cho’chqalarda homilalarning ko’p sonli mumiyolanishi kuzatilganda o’lgan va qurib qolgan homilalarning kattaligi har xil bo’ladi, bu ularning turli muddatlarda o’lishi va individual chidamliligi turlicha ekanligini ko’rsatadi.
Homilaning o’lishiga sabab bo’ladigan ichki omillar ko’p, turlicha va qiyin aniqlanadi. Idiopatik abortlarga gumon qilishda homilaning jinsi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Ayrim mualliflar tomonidan biya, sigir va ona cho’chqalarda bola tashlash va o’lik bola tug’ilishi erkak homilalarda ko’proq kuzatilishi aniqlangan. Bunday holatni homila va ona organizmi to’qimalari biokimyoviy xususiyatlarining bir-biriga mos kelmasligi bilan izohlash mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, cho’chqaning erkak homilasida homila oldi suyuqliklarining zaharliligi urg’ochi homilalardagiga nisbatan kuchliroq bo’ladi, bundan autointoksikasiya ularda kuchli bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi.
Ba’zan nuqsonli rivojlanish a’zo va tizimlarning yetishmovchiligi va butunlay bo’lmasligi bilan namoyon bo’ladi (majruxlik). Bu homiladorlikni me’yorida kechishiga zarar qilmasligi ham mumkin, faqat tug’ish paytida yoki yangi tug’ilgan hayvon hayotining birinchi kunlarida tashqi muhitda yashashga moslasha olmaganligi uchun uning o’limi qayd etiladi.
Ayniqsa homila pardalari va kindikning nuqsonlari oqibatidagi abortlarning amaliy ahamiyati katta bo’lsada ko’pincha veterinariya akusherligi amaliyotida normal tug’ilishi yoki bola tashlash paytlarida homila pardalarini anatomik tekshirish o’tkazilmaganligi sababli kam qayd etiladi. Natijada veterinariya vrachi tomonidan abortlar to’g’risida noto’g’ri xulosa qilinishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun har bir bola tashlash qayd etilganda ona organizmi, homila va homila yo’ldoshini batafsil tekshirish tavsiya etiladi.
|
| |