• Murtakni baholash, rivojlantirish va saqlash.
  • Murtakni xirurgik usulda olish




    Download 2,5 Mb.
    bet25/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Murtakni xirurgik usulda olish. Bu usulda murtakni olishda hayvonda umumiy yoki mahalliy og’riqsizlantirish o’tkaziladi. Qorinning oq chizig’ida yoki och biqinda (o’ng yoki chap tomondan) qorin bo’shlig’i devori kesilib (laporatomiya), bachadon shoxi tashqariga yaqin tortiladi va uning asosiga yaqin joyidan kesilib, maxsus kateter o’rnatiladi. Tuxum yo’liga o’rnatilgan igna yoki kanyula yordamida bachadon shoxiga maxsus muhit yuborilib, murtak yuvilib kateter yordamida yig’ib olinadi. Bu usul yordamida 70% gacha yashovchan murtaklarni olish mumkin.
    Murtakni baholash, rivojlantirish va saqlash. Silindrdagi bachadonni yuvib olingan suyuqlik 20-25 daqiqaga 20-37°S haroratda saqlanadi, murtaklar suyuqlikning tubiga cho’kgach, uning yuqorigi qismi sifon usulida tukib olinadi. Pastki qavati 20-30 ml dan olinib, katta soat oynasi yoki Petri kosachasida binokulyar lupada 10-50 marta kattalashtirilgan holda murtaklar topilib, paster pipetkasi yordamida vaqtincha saqlash uchun maxsus muhitga (20% buzoq qon zardobi aralashtirilgan Dyulbekko muhiti) o’tkaziladi. Murtaklarni izlash qo’lay bo’lishi uchun Petri kosachalarining osti 1x1 sm kattalikdagi katakchalarga bo’linib chizib chiqiladi. Murtaklar ushbu muhitda 1-2 sutka saqlanadi, keyin muzlatilgan holda uzoq muddat saqlash mumkin.
    Murtaklarni morfologik baholash invertirovka qilingan, ya’ni yorug’ligi 100-150 marta oshirilgan mikroskoplarda amalga oshiriladi. Murtakni har tomonlama ko’zdan kechirish uchun soat oynachasi sekin chayqatilib turiladi.
    Hayvonlarga gormonal ishlov berish orqali kuzatilgan superovulyasiya tufayli olingan murtaklar rivojlanishi, strukturasi, shuningdek, fizikoviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari bo’yicha jiddiy tafovutlarga ega bo’ladi. Murtaklardagi bunday turli-tumanlik nafaqat turli donorlardan olingan, balki bitta donordan olingan murtaklarda ham kuzatiladi. Murtaklarning turli sifatliligi ovulyasiya vaqtining cho’zilishi, murtaklarning taraqqiyot tezligidagi farq va boshqa ichki va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.
    Murtaklar sifatini (yashovchanligi) baholashning bir necha usullari mavjud. Fermentlar faolligini, modda almashinuvi jadalligini aniqlash (glyukozani yutishi), tirik bo’yash, membranadagi bioelektrik potensiallarni aniqlash, organizmdan tashqi muhitda o’stirish, sitologik, sitogenetik tekshirishlar shular jumlasidandir.
    Ularning aksariyati aniq bo’lsada, murakkab jihozlar va ko’p vaqt sarflashni talab etadi. Shu sababli ishlab chiqarish sharoitida qo’llash qiyinligi uchun murtaklarni morfologik belgilari bo’yicha baholash keng qo’llaniladi. Bunda murtakning quyidagi sifatlariga e’tibor beriladi:
    1. Murtakning rivojlanish muddati bilan yoshining (moyillik va urug’lantirishdan keyin o’tgan vaqt) mos kelishi;
    2. Murtakning umumiy hamda perivitellin bo’shlig’i va yaltiroq zonasining o’lchami, shakli va rangi;
    3. Yaltiroq zonaning butunligi;
    4. Blastomerlarning holati, soni, o’lchovlari va holati (ularning bir tekisda rivojlanishi, xujayra membranalarining butunligi);
    5. Xujayralarning kompaktligi (ixchamligi), chiqib turgan va degenerativ blastomerlar soni.
    Ovulyasiya natijasida chiqqan tuxum xujayralari tuxum yo’llariga tushadi va ular urug’lantirishdan keyingi birinchi kundayoq otalangan bo’lishi kerak, chunki ularda qisqa vaqt ichida degenirativ o’zgarishlar ro’y beradi. Tuxum xujayra bilan spermiy qo’shilib zigota hosil bo’ladi, zigotada modda almashinuvlari va bo’linish tezlashadi. Murtak rivojlanishiniig ilk bosqichlari (2 xujayralikdan 16 xujayralikkacha bosqichlari) xujayralar soni bilan ifodalanadi.
    Xujayralarning keyingi bo’linishlari natijasida tut mevasiga o’xshash xujayraviy shar shakllanadi. Bu morula bosqichidir (44-rasm). Keyingi bosqichda xujayralardan zich massa shakllanib, ular orasidagi chegaralar qiyin farqlanadi. Xujayraviy massa perivitellin bo’shlig’iniig 70-80 foyizini egallaydi. Keyinchalik, murtakda bo’shliq shakllanib, blastosista bosqichi boshlanadi. Shu bosqichda ilk, kengaygan va ozod bo’lgan blastosistalar farqlanadi.
    Ishlab chiqarish sharoitida ko’pincha 7-8 kunlik murtaklar ko’chirish uchun foydalaniladi. Rivojlanishning shu b osqichida murtak quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
    Oliy sifatli murtaklar - to’g’ri simmetrik doirasimon shaklga ega, yaltiroq zonasi jarohatsiz, blastomerlar sitoplazmalari bir xilda, erkin, xujayralar orasida bog’langan.



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




    Download 2,5 Mb.