• Murtakni ajratib olish.
  • Donor hayvonni sun’iy urug’lantirish




    Download 2,5 Mb.
    bet23/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Donor hayvonni sun’iy urug’lantirish. Buning uchun eng yaxshi zotli buqalardan urug’ olinib, uning otalantirish qobiliyatiga e’tibor beriladi. Donor sigirlarga gormonal preparatlar qo’llanilgandan keyin aniqlovchi buqalar yordamida ularning kuyga kelganligi aniqlanadi va kuyikish davomida har 12 soatda bir marta urug’lantiriladi. Ba’zi vaqtlarda 3-4 marta urug’lantirishga ham to’g’ri keladi.
    Urug’lantirish uchun yuborilgan spermaning har bir dozasidagi tirik harakatchan spermiylar soni 40-50 mln. dan kam bo’lmasligi kerak. Ko’pincha urug’lantirish rektoservikal usulida bajarilib, sperma bachadon bo’yni kanaliga quyiladi. Ko’pchilik chet davlatlarda urug’ to’g’ridan-to’g’ri bachadonning tanasiga yuboriladi. Urug’ni ung va chap bachadon shoxiga yuborish yaxshi natija beradi.
    Urug’lantirish uchun yaxshisi, yangi olingan urug’dan foydalanish kerak, chunki muzlatilgan urug’ga nisbatan uning otalantirish qobiliyati yuqori va jinsiy sikl davrida 1-2 marotaba urug’lantirilsa yetarli bo’ladi.
    Jinsiy moyillik tugagandan keyin donorlarni urug’lantirish mumkin emas, chunki otalangan murtakni chiqarib olishga to’sqinlik qiladi.
    Murtakni ajratib olish. Tuxum xujayralarining otalanishi tuxum yo’lida amalga oshadi. Hosil bo’lgan murtak ko’pincha 4 kun ichida bachadon shoxiga tushadi. Murtakni hayvon sun’iy urug’lantirilgandan keyingi 7-8 kunida (murtak tiniq pardasidan ajralmasdan) olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Murtakni ajratib olish xirurgik va noxirurgik usullarda bajariladi.
    Murtakni noxirurgik usulda ajratib olish uchun hayvon maxsus stanoklarda fiksasiya qilindi. To’g’ri ichak tezakdan tozalanib, tuxumdon, tuxum yo’llari va bachadon batafsil tekshirilib, har bir tuxumdonda necha donadan sariq tana borligi aniqlanadi. To’g’ri ichakning qisqarishlarini to’xtatish maqsadida 2%-li novokain eritmasidan 10 ml epidural usulda yuboriladi.
    Ko’pchilik mualliflar murtakni bachadondan yuvib olish uchun Foleya kateteridan foydalanishni tavsiya etganlar (40-rasm). Kateterni egiluvchan mandreni va shishadan iborat balonchasi bo’lib, zararsizlantirilgan holda ishlatiladi. Kateter to’g’ri ichak orqali nazorat qilib turish bilan qinning yuqorigi qismidan bachadon bo’yni orqali bachadon shoxiga yuboriladi. Bachadon shoxiga yetgach, mandreni olinib kateterni balonchasi orqali 10-15 ml havo yuboriladi, natijada kateter bachadon shoxiga yopishib, yuvish uchun yuboriladigan suyuqlik kateterdan boshqa joyga tukilmaydi (41-rasm). Kateter joylashtirilgandan keyin bachadon shoxiga Lyuer shprisi orqali 50-60 ml yuvadigan suyuqlik yuboriladi. Bachadon shoxining hajmiga qarab, bir necha marta 40 - 60 ml yuvish uchun suyuqlik yuboriladi. Lekin har bir shoxiga 500 ml dan ortiq suyuqlik yuborish mumkin emas.
    Q aytarib chiqariladigan eritmaning miqdori yuborilgan eritma hajmining 95-98 foizini tashkil etadi. Chunki bir qism eritma bachadonga so’rilib ketadi. Bachadon shoxlarini yengil massaj qilish, shoxning uchini yuqoriga ko’tarish, uni sekin oldinga tortish kabi ehtiyotlik bilan o’tkazilgan muolajalar suyuqlikning qaytib chiqishini osonlashtiradi. Bachadon shoxi yuvib olingandan keyin rezina balonchadagi havo chiqariladi, kateter ohista chiqarib olinadi, kateterda qolgan suyuqlik shisha silindrga quyiladi. Navbatdagi shox ham shu tartibda steril kateter yordamida yuviladi. Har qaysi shoxni yuvib olish uchun 10-15 daqiqa sarflanadi.



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Donor hayvonni sun’iy urug’lantirish

    Download 2,5 Mb.