|
-rasm. Morula bosqichidagi murtak
|
bet | 26/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MT45-rasm. Morula bosqichidagi murtak.
Mustahkam, markaziy bo’shliq (blastosel) yaxshi rivojlangan, ichki xujayraviy massa (embrioblast) va trofoblast yaqqol ajralib turadi.
Yaxshi sifatli murtaklar - tuzilishida ayrim normadan og’ishlar mavjud, masalan, tashqi ko’rinishi noteks, perivitellin bo’shlig’ida oz miqdorda qo’shilmalar (granulalar) bo’ladi, ayrim blastomerlar bo’rtib chiqib turadi, mavjud blastomerlar turli kattalikda, kam miqdorda vezikulalar (pufakchalar) bor, trofoblast va embrioblast xujayralari aniq chegaralanmagan bo’lishi mumkin.
Qoniqarli (o’rta) sifatli - murtaklar ayrim, ammo chuqur bo’lmagan o’zgarishlarga ega, masalan, blastomerlarga bog’lanishning buzilishi, chiqib turgan xujayralar mavjud, ayrim (1 yoki 2 ta) xujayralarda degenirasiya belgilari, pufakchalar hosil bo’lgan, blastosel ancha qisqargan, ichki xujayraviy massa va trofoblast orasidagi farq yaxshi ifodalanmagan.
Shartli yaroqli (yomon) murtaklar - yaqqol ko’rinadigan o’zgarshlarga ega: yaltiroq zona deformasiyaga uchragan, blastomerlar, ularning bo’lakchalari va granulalari perivetillin bo’shlig’iga chiqib ketgan, sitoplazma fermentasiyaga o’chragan, degenirasiyaga uchragan va turli kattalikdagi xujayralar mavjud, ko’p sonli katta pufakchalar, blastula bo’shlig’i bujmaygan, ammo embrional massa yashovchan tuyuladi.
Yaroqsiz - otalanmagan tuxum xujayralari, shakli va yaltiroq zona butunligi sezilarli darajada buzilgan, blastomerlar degenirasiyasi yaqqol ko’rinadi, notekis bo’linishlar, xujayralararo bog’lar buzilgan, murtak rivojlanishdan orqada qolgan.
Baholangan normal murtaklarni qisqa muddat saqlashdan keyin yoki suyuq azotda -196°S haroratda muzlatilgan holda uzoq muddat saqlangandan keyin ishlatish mumkin.
Kuzatishlar «a’lo» va «yaxshi» sifatli murtaklarni ko’chirishda taxminan 80%, o’rta sifatli murtaklardan 40-60% va yomon sifatli murtaklardan 20% sigirlar bo’g’oz bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Donor va resipiyentlarda jinsiy siklni sinxronlashtirish. Murtakni kuchirishda resipiyent hayvon organizmining holati, shuningdek, tuxumdonlarning holati, endimetriyning differensiallanish bosqichi murtakni rivojlanish bosqichiga to’liq mos kelishi lozim. Shundagina murtak yashashi va rivojlanishi uchun qo’lay sharoitga tushgan bo’ladi. Agar donor va resipiyent hayvonlarda jinsiy siklning kechishidagi muddat 24 soatdan ko’p farq qilsa murtakni kuchirishdan bo’g’ozlikning chastotasi keskin kamayib ketadi. Shuning uchun ishlab chiqarishda embrionni kuchirishni donor va resipiyent hayvonlarda sinsiy sikl sinxron kechganda amalga oshirish lozim. Agar aniq mos kelmaganda, jinsiy moyillik donor hayvonga nisbatan oldinroq kuzatilgan resipiyent hayvonga ustunlik beriladi.
Kuyikish aniqlangandan 16 kun keyin embrionni resipiyent hayvonlarga kuchirib o’tkazish imkoni bo’lgan. Undan keyingi muddatlarda bo’g’ozlik rivojlanmaydi, chunki sariq tanachada qayta rivojlanish kuzatiladi, o’tkazuvchi jinsiy yo’llarda parchalanish va shilliq pardalarning yangilanishi hamda jinsiy siklning navbatdagi qo’zg’alish bosqichiga tayyorgarlik boshlanadi. Urg’ochi hayvonning butun organizmida ham xuddi shunday o’zgarishlar kuzatiladi. Shuning uchun xo’jalikda ko’p sonli (200-400 bosh resipiyentlar) hayvonlar mavjud bo’lsa murtakni kuchirish uchun jinsiy siklning qo’zg’alish bosqichi donor hayvonda kuzatilgan muddatlarga to’g’ri keladigan tabiiy ravishda kuyga kelgan sigir va tanalar tanlab olinadi. Resipiyent hayvonlar soni kam bo’lganda donorlar va resipiyent hayvonlarda jinsiy siklni sinxronlash uchun prostoglandinlar va gestagenlarni qo’llash ehtiyoji tug’iladi. Ushbu preparatlarni qo’llashdan 2-3 kun o’tgach sigir va tanalar kuyga keladi. Jinsiy siklni qo’zg’alish bosqichining namoyon bo’lishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Shuning uchun jinsiy moyillikni aniqlovchi-erkak hayvonlardan foydalanib o’z vaqtida aniqlash talab etiladi.
Muzlatilgan murtaklar ishlatilganda esa jinsiy siklni sinxronlashtirish ehtiyoji bo’lmaydi, chunki resipiyent hayvonda jinsiy siklning muddati murtak olingan muddatga mos kelgan vaqtda murtakni kuchirish mumkin.
|
| |