42-rasm. Murtakni yuvib olish uchun kateter sxemasi: 1- kateter korpusi; 2- mandren; 3- havo yuborish uchun naycha; 4- havo yuborish uchun balloncha.
Y uvish uchun muhitlar sifatida Dyulbekko tavsiya etgan fosfatli-buferli-tuzli eritma (FBT) ishlatiladi. Eritma uch marta distillangan suvda tayyorlanib, bevosita ishlatishdan oldin unga quyidagi komponentlar qo’shiladi (1 l eritmaga): 4 g buqa qon zardobining albumini, 1 g (5,56 mmol) glyukoza, 0,036 g (0,03 mmol) natriy piruvat, 100000 TB pensillin (kaliyli tuzi).
43-rasm. Murtakni yuvib olish uchun kateter.
Turli asoratlarni oldini olish maqsadida bachadonga antibiotiklar (500 ming TB penisillin va 20 mg streptomisin 0,5%-li novokain eritmasida) yuboriladi. Yuvib olingan suyuqlik steril boksga o’tkaziladi.
44-rasm. Murtakni noxirurgik usulda yuvib olish:1– murtakni yuvib olish uchun kateter; 2– bachadon bo’yni va 3- shoxi; 4– havo yuborish uchun baloncha; 5 - tuxumdonlar.
Murtakni noxirurgik usul bilan olishning samaradorligi ovulyasiyalar soniga nisbatan 50-85%-ni tashkil etib, gormonal preparatlar, murtakni yig’ib olish moslamasining konstruksiyasi, suyuqlikni to’liq chiqarib olish, kateterni bachadonga yuborish chuqurligi, yuvib olingan yuza, yuvish suyuqligining qaytib chiqish tezligi hamda mutaxassisning malakasi kabi omillarga bog’liq.
Ba’zan (30% hollarda) quyidagi sabablarga ko’ra yuvmada murtaklar topilmasligi mumkin:
Ovulyasiya bo’lmasligi (anovulyator jinsiy sikl);
Tuxum xujayralari, zigota yoki murtakning tuxum yo’lidan o’tmay qolishi;
Otalangan yoki otalanmagan tuxum xujayralarining degenerasiyaga uchrashi yoki so’rilib ketishi;
Bachadon shoxlarini yuvishda kateterni noto’g’ri holatda joylashishi.
Murtaklarni noxirurgik usulda yuvib olish muolajasi to’g’ri bajarilganda donorlar sog’ligi uchun zararsiz bo’ladi va undan ko’p marta murtak olish maqsadida foydalanish mumkin.
|