|
Murtakni resipiyent hayvonga kuchirib o’tkazish
|
bet | 27/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTMurtakni resipiyent hayvonga kuchirib o’tkazish. Murtakni kuchirib o’tkazish xirurgik va noxirurgik usullar yordamida amalga oshiriladi. Murtkni kuchirib o’tkazish oldidan resipiyent hayvonning sog’ligi va jinsiy a’zolari tekshirilib, sariq tanachaning bachadonni qaysi shoxida ekanligi, uning kattaligi va konsistensiyasining jinsiy sikl muddatiga mos kelishi aniqlanadi. Murtakni kuchirib o’tkazishning eng qulay joyi bachadonning sariq tana mavjud bo’lgan shoxi hisoblanadi.
Murtakni jarrohlik usulida kuchirib o’tkazish ko’pincha tanalarda bajariladi. Bunda qorinning oq chizig’i bo’ylab kesilib, operasiya uchun yo’l ochiladi. Jarrohlik operasiyasiga tayyorgarlik va uni bajarish xuddi murtakni olish operasiyasidagidek bo’ladi. Bachadonning shoxi biroz tortilib, bachadonning devori taxminan bachadon shoxining uchidan 4 sm pastroqda o’tmas igna yordamida teshiladi va ana shu joy orqali paster pepetkasi yordamida biroz muhit bilan murtak bachadon shoxining uchiga tomon yuboriladi. Shundan keyin qorin devori jarrohlik qoidalari asosida tikiladi.
Amaliyotda qorin devorini och biqin sohasida jarrohlik yo’li ochilib yuborishi qo’lay hisoblanadi. Buning uchun hayvon tik turgan holatda fiksasiya qilinib, tinchlantiruvchi va mahalliy og’riqsizlantiruvchi dorilardan foydalaniladi. Bunda murtakning yashab ketishi 85% gacha bo’lishi mumkin.
M urtakni noxirurgik usulda kuchirib o’tkazish uchun maxsus kateterlar ishlatiladi (44-rasm). Ko’pincha sun’iy urug’lantirish uchun shlatiladigan Kassu uskunasining turli modifikasiyalari qo’llaniladi. Zanglamaydigan po’latdan yasalgan, uzunligi 50 sm, diametri 2,5 mm va porshenli metal naychadan tuzilgan kateterlari ishlatish uchun juda qo’laydir. Murtakni resipiyent hayvon bachadoniga yuborish uchun diametri 1 mm va hajmi 0,25 ml bo’lgan polisterol naychaga quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi: naychadan filtri olinib, uning filtr o’rnatilgan tomoni bilan shprisga o’rnatiladi, murtakni o’stirish uchun mo’ljallangan muhitdan (1 sm) olinadi, keyin shuncha havo va o’stiruvchi muhitdagi murtak, keyin yana havo va o’stiruvchi muhit olinadi. Naycha shprisdan ajratib olinib, unga ponlivinil spirtda saqlanayotgan filtr tiqiladi. Biroz vaqt o’tishi bilan filtr shishib, suyuqlikning oqishiga yo’l qo’ymaydi. Murtak olinib, tayyorlangan naycha murtakni kuchirish uchun steril uskunaga o’rnatiladi va va ustidan polietilen himoya g’ilof kiydiriladi. Uskuna shu holda ishga tayyor bo’lgach, mutaxassisning qo’liga bergunga qadar uskunani 37°S haroratli termostatda saqlash mumkin.
|
| |