- rasm. Ayg’irlar uchun sun’iy qin




Download 2,5 Mb.
bet16/75
Sana09.10.2024
Hajmi2,5 Mb.
#274377
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
Akusherlik MT

20- rasm. Ayg’irlar uchun sun’iy qin: 1- silindr; 2- trubkali patrubka; 3- silindrning ingichkalashgan joyi; 4- sperma yig’gich.

Quyonlar uchun sun’iy qinning V. K. Milovanov konstruksiyasi qo’llaniladi. U potrubka va jumrakli shisha silindr, rezina kamera va sperma yig’gichdan iborat bo’ladi.


Parrandalar uchun qattiq kauchukdan yasalgan qadaqsimon shakldagi sun’iy qin ishlatiladi. Uning uzunligi 5 sm, diametri kirish qismida 5 sm, chiqish qismida - 1,5 sm bo’ladi. Qin naychasining ichki devori elastik kauchukdan yasalgan bo’ladi.
Hayvonlardan sperma olishda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi talab etiladi. Sperma olishda texniklar maxsus toza kiyimda ishlashi kerak. Har bir eyakulyatni olishdan oldin qo’lni spirt bilan zararsizlantirish yoki bir marta ishlatiladigan polietilen qo’lqoplardan foydalanish lozim. Buqa, erkak cho’chqa, ayg’ir va tulum (sperma olishda ustiga nasldor hayvon irg’itiladigan) hayvonning terisi namlanadi, qo’chqor va tulum hayvonning juni esa iflosliklardan mexanik tozalanadi. Prepusiya xaltasi tashqi tomondan iliq suv, natriy gidrokarbonatning 2%-li, furasillinning 1:5000 nisbatli iliq eritmasi bilan yuvilib, toza sochiq, salfetka, yoki filtr qog’ozi bilan artiladi.
Pollar, stanok va xona havosi suv bilan namlanadi. Manej, laboratoriya, sun’iy qinlar saqlanadigan xonalar bir soat davomida BUV-15, BUV-30 yoki PRK-2 bakterisid lampalari bilan nurlantiriladi.
Sperma olishning keng tarqalgan usullaridan biri sun’iy qin yordamida sperma olish hisoblanadi.
Nasilli hayvonlardan sperma olishdan oldin sun’iy qinlarni to’g’ri yig’ish va ishlatishga tayyorlash talab etiladi. Yangi ishlatilayotgan rezina kameralar natriy gidrokarbonatning 3%-li iliq eritmasi bilan yaxshilab yuviladi va oddiy suv bilan chayqaladi. Quritilgandan keyin silindrga uning silliq tomoni ichkarisiga, notekis tomoni silindr tomonga qilinib, bir tekisda kiygiziladi. Rezina kamerani juda bo’sh yoki juda tarang tortilishi naslli hayvonda jinsiy reflekslarni yo’qotishi mumkin. Sun’iy qin to’g’ri tayyorlanganda erkak hayvonda eyakulyasiya refleksi yuzaga kelishi uchun kerakli sharoit (harorat, bosim va silliqlik) yaratiladi.
Qayta ishlatishdan oldin sun’iy qinlar tavsiyanomalar asosida zararsizlantiriladi. Uning ichki yuzasi salfetka bilan artib quritiladi. Sun’iy qinlarni V. A. Pasechnik sterilizatorida suv bug’lari yordamida zararsizlantirish juda samarali usul hisoblanadi. Bunda sterilizatordagi suv 15-17 daqiqa davomida 100°S haroratda qaynatiladi. Sun’iy qinga solish uchun suvning harorati 60-70°S atrofida bo’lishi lozim. Ishlatishdan oldin sun’iy qinning harorati rezina kameraning iki yueasida aniqlanib, 40-42°S bo’lishi lozim. Ishlatishga tayyor sun’iy qinlarni shkaf-termostatda saqlash qo’lay hisoblanadi.
I. I. Rodinning tekshirishlariga ko’ra, sun’iy qinlarni ishlatish paytida undagi haroratni 40-42°S dan past bo’lishi naslli hayvonda eyakulyasiya dinamikasining pasayishi va jinsiy reflekslarning tormozlanishiga, haroratning 42°S dan yuqori bo’lishi esa spermiylar hayotchanligining pasayishiga sabab bo’ladi. Naslli hayvon ana shunday yuqori haroratda sperma berishga o’rganib qoladi.
Sun’iy qinning ichki yuzasini yog’lash uchun suv hammomida zararsizlantirilgan oq yoki sariq vazelindan foydalaniladi. Lekin bunda vazelin rezina kamerani yemirilishiga sabab bo’lmasligi uchun ishlatilgandan keyin kameradagi vazelinni iloji boricha tezroq tozalash lozim bo’ladi. V. A. Pasechnik sun’iy qin kamerasini yog’lash uchun maxsus eritmalarni (№1-resept: 6 g kraxmal, 10 g gliserin, 100 ml distillangan suv; №2-resept: 6 g kraxmal, 10 g gliserin, 100 ml qaynatilgan sut; №3-resept: 6 g kraxmal, 10 g gliserin, 100 ml distillangan suv, 3 g natriy sitrat) yoki spermani suyultirishda ishlatiladigan gliserinli muhitdan foydalanishni tavsiya etadi. Sun’iy qinni sperma yig’gich o’rnatilishi uchun qoldirilgan 3-4 sm qismidan tashqari qismi yaxshilab yog’lanishi kerak.
Buqa va qo’chqorlarda eyakulyatning hajmi juda kamligi uchun sperma olish paytida spermiylarni harorat shokidan saqlash maqsadida ikki qavat devorli sperma yig’gichlardan foydalanilib, buqalar uchun sperma yig’gichga 100 ml, qo’chqorlar uchun sperma yig’gichga 50 ml 30-35°S haroratli suv solinadi.
Sun’iy qinga havo yuborishda rezina kameraning yuzasi butunlay yopilgunga qadar havo yuborilib, uning ichki yuzasi tekis (burmalar bo’lmasligi kerak) o’rtacha taranglikda bo’lishi kerak. Sun’iy qinda bosimning o’ta yuqori bo’lishi jinsiy a’zoni sun’iy qinga kiritishni qiyinlashtiradi va og’riq refleksiga sabab bo’lishi mumkin, bosimning juda past bo’lishida eyakulyasiya sust kechadi. Buqa, qo’chqor va erkak cho’chqalar uchun sn’iy qindagi bosim 40-60 mm simob ustuniga teng bo’lishi lozim.
Sperma olish paytida nasilli hayvonlarning individual xususiyatlari va faolligi hisobga olinadi.
Nasldor erkak hayvonlardan sperma sun’iy urug’lantirish stansiyasining yoki naslchilik xo’jaligining manejida, qo’ylarni sun’iy urug’lantirish punktlarida va ayrim hollarda sigir va cho’chqalarni sun’iy urug’lantirish punktlarida olinadi.
Buqalardan sperma olish uchun manejning maydoni 60-70 m2, qo’chqor va erkak cho’chqalar uchun 20 m2, ayg’irlar uchun - 50 m2 va balandligi 4 m bo’lishi, xona harorati esa +18°S dan past bo’lmasligi kerak.

Download 2,5 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Download 2,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Ayg’irlar uchun sun’iy qin

Download 2,5 Mb.