• Asboblar paneli.
  • Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar




    Download 10,98 Mb.
    bet19/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Darchalarning chegarasi. Sichqoncha bilan darcha chegarasini ilib olgan holda uning o’lchamini gorizontal va vertikal bo’yicha o’zgartirish mumkin. Ammo darcha chegaralari juda ingichka bo’lgani uchun darcha o’lchamini uning pastki o’ng burchagini ilib olib o’zgartirish qulayroqdir. Ushbu burchak sichqoncha kursori bilan ilib olish oson bo’lishi uchun maxsus kattalashtirilgan o’lchamda tayyorlangan.
    Asboblar paneli. Ekranda ko’rinib turgan asboblar paneli odatda, tavsiyanomaning (Вид – Панели инструментов) -Ko’rinish - Asboblar paneli buyrug’i yordamida boshqariladi. Asboblar paneli darchaning yuqori chegarasi bo’ylab, darchaning pastki chegarasi bo’ylab, yoki alohida dastur darchasi ko’rinishida aks ettirilgan bo’ladi.


    Alohida darchà ko’rinishidagi asboblar paneli


    Panelni yuqori yoki pastdagi holatidan alohida bir darcha holiga keltirish uchun sichqoncha bilan panelning chap chegarasida joylashgan ikkitalik vertikal chiziqchani bosing. Bu MS Office 97 dasturlariga tegishlidir. Boshqa dasturlar uchun darchaga ko’chirishning boshqa yo’llari inobatga olingan bo’lishi kerak. Hatto offis dasturlarining oldingi variantlarida ham bittagina usul bor edi: panelni ekranning boshqa bir qismiga siljitish uchun sichqonchani uning fonidan - asbob tugmachalari orasidan ilib harakatlantiriladi.


    Sichqoncha klavishasini bosib turgan holda panelni dastur darchasiga olib o’ting. Panel darchaga aylanib qoladi. Bundan so’ng asboblar paneli darchasi bilan ishlash qulay bo’lishi uchun uning o’lchamini o’zgartirish mumkin. Buning uchun sichqonchani darcha chegarasiga shunday olib kelingki, kursor ikki taraflama ko’rsatkich vaziyatini olsin. Shu onda sichqoncha klavishasini bosib turgan holda darcha chegarasini kerakli vaziyatga keltiring.
    Asboblar panelini dastur darchasining ustki yoki ostki chegarasi bo’ylab joylashtirish uchun panel darchasining sarlavhasini sichqoncha bilan ilib oling va uni kerakli joyga siljiting. Sichqoncha klavishasini qo’yib yubormay, asboblar paneli joylashtiriladigan holatni tekshirib qo’ying (dastur siljishi bilan yangi vaziyatni aks ettiradi). Agar siz panelni boshqa mavjud asboblar panelidan yuqori yoki quyida joylashtirmoqchi bo’lsangiz, sichqonchani kerakli tarafga suring.
    Agar asboblar paneli dastur darchasi kengligidan qisqa bo’lsa, panelni gorizontal bo’yicha surish mumkin. Buning uchun chap chegaradagi ikkitalik chiziqchani bosing va uni o’ng yoki chapga harakatlantiring.
    Holat satri. U dastur holatini aks ettiradi. Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan operatsiyalar haqida oldindan ba’­zi ma’lumotlarni chiqarib beradi. O’sha ondagi axborotni (masalan, kursorning hujjatdagi holatini), shuningdek maxsus tugmachalarni (bosilgan-bosilmagan) holatini ko’rsatib beradi.

    Download 10,98 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar

    Download 10,98 Mb.