• Fayllar bilan ishlash
  • Hujjat bo’ylab siljish tugmachalari




    Download 10,98 Mb.
    bet20/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Hujjat bo’ylab siljish tugmachalari tahrirlanayotgan hujjat bir necha sahifadan iborat bo’lganda ishlatiladi. Chekkadagi (vertikal chiziqchasi bor) tugmachalar bosilganda, sizni birinchi yoki oxirgi sahifaga olib o’tadi.


    Tasvirni o’tkazishning vertikal va gorizontal liftlari


    Tasvir o’lchami darchada ifodalanadigan ma’lumot unga ekranda ajratilgan maydonga si/magan holda avtomatik tarzda paydo bo’ladi. Bu holat mos darchaning pastki va (yoki) o’ng chegarasida «liftlar» chiqarilishida ifodalanadi. Ko’p hollarda maydonning o’lchami yoki ma’lumot ko’rinishini o’zgartirish evaziga liftlardan biri yoki ikkalasini yo’qotish mumkin. Liftlar hujjatning kerakli qismini ekranda aks ettirish imkonini beradi. Darcha bo’ylab bir tekisda asta o’tkazish uchun lift chegarasidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ularni bir marta bosilganda ekrandagi ma’lumotlar bir satr kerakli tarafga siljiydi. Agar ko’rsatkichlardan biri bosilgan holda ushlab turilsa, ekrandagi tasvir davomli o’tkazib boriladi. Lift tugmachasini bosib, uni kerakli yo’nalishda harakatlantirish mumkin. U holda hujjatning xohlagan uzoq nuqta­sini ochib ko’rish mumkin. Agar sichqoncha lift chegarasi ichida, tugmachadan tashqarida bosilsa, ekrandagi ma’lumotlar shu hajmdagi tasvir bilan almashadi.


    Ba’zan liftning o’lchamini o’zgartirsa ham bo’ladi. Lift chegarasi ilib olinadi (bunda kursor ikki taraflama ko’rsatkich vaziyatini oladi) va u boshqa joyga keltiriladi.
    Lift tugmachasining o’lchamiga qarab hujjatning hajmini bilish mumkin. Tugmachaning uzunligi hujjatda axborotning aks etish nisbatiga mutanosibdir. Hujjatning o’lchami qan­cha­lik katta bo’lsa, uning shunchalik kichik nisbiy hajmi ekranga chiqariladi va tugmacha o’lchami ham shunchalik kichik bo’ladi.

    Fayllar bilan ishlash


    Windows 95 da fayllar bilan ishlash uchun «Проводник» va «Мой компьютер» darchalaridan foydalaniladi (7.22-rasm.).



    7.22-rasm.

    «Проводник»ni ishga tushirish uchun «Пуск» klavishasi bosiladi, ochilgan tavsiyanomadan «Dasturlar» deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan ost tavsiyanomadan «Проводник» degan nomda sichqoncha bitta bosiladi.


    Shift klavishasini bosib turgan holda «Мой компьютер»ning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosilsa ham «Проводник»ning darchasini ochish mumkin.
    «Проводник» darchasini ochishning yana bir usuli, «Мой компьютер» belgisi ustida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi. Ochilgan kontekst tavsiyanomadan « Проводник» nomi tanlanadi.
    «Мой компьютер» darchasini ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
    Bu darchalarda sarlavha qismining tagidagi qator tavsiyanoma qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda esa «asboblar paneli» qatori joylashgan. Agar asboblar paneli ekranda ko’rinmasa, uni «Вид» (Ko’rinish) tavsiyanomasining «Панель инструментов» (Asboblar paneli) buyrug’ini tanlash yo’li bilan ekranga chiqarish mumkin.
    Boshqa qurilmani tanlash uchun darchadagi qurilma belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
    Boshqa papkaga o’tish uchun shu papka belgisi ustida ikki marta bosish kerak.



    Download 10,98 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujjat bo’ylab siljish tugmachalari

    Download 10,98 Mb.