• Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish
  • Fayllar guruhini ajratish




    Download 10,98 Mb.
    bet21/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Fayllar guruhini ajratish


    Papkadagi hamma fayllarni ajratish uchun «Правка» (Tahrirlash) tavsiyanomasining «Выделить все» (Hammasini ajratish) buyrug’ini tanlash kerak. Buning uchun CtrlA òóãìàëàð birikmasini ham ishlatish mumkin.


    Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin Shift klavishasini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi.
    Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda ayrim fayllarning nomlari ustida ketma-ket sichqoncha klavishasini bosish kerak.


    Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish


    Ko’chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko’p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va yangi joyga faylning nusxasi ko’chiriladi. Ko’chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o’chiriladi va ko’rsatilgan joyga uning nusxasi ko’chiriladi.


    Fayllarni ko’chirish va nusxasini olish uchun quyidagi­lar­ni bajarish kerak:

    • Nusxasi olinadigan faylni ajratish;

    • Darchadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun «Buferga nusxasini ko’chirish» (Copy) asbobini, ko’chirish uchun esa Вырезать/Cut-Buferga ko’chirish asbobini tanlash;

    • Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;

    • «Asboblar paneli»dan «Buferdan olib qo’yish» (Paste) asbobini tanlash.

    Fayl nusxasini olishning yoki ko’chirishning boshqa usullari ham bor.

    • Fayl nomida sichqonchani bitta bosiladi va Fayl tavsiyanomasining Отправить- Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan ost tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.

    • Fayl nomida sichqonchaning o’ng klavishasi bosiladi va ochilgan kontekst tavsiyanomadan Отправить-Jo’natish buyrug’i tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qaerga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi.

    • Faylni sichqoncha yordamida ham ko’chirish mumkin. Bu usul Drag and drop - surish va qo’yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko’rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so’ngra sichqoncha klavishasi qo’yib yuboriladi.

    • Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida sichqonchaning o’ng klavishasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo’yib yuborgan vaqtda kontekst tavsiyanoma paydo bo’ladi. tavsiyanomaning Копировать-Nusxa olish buyrug’i tanlanadi.




    Download 10,98 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




    Download 10,98 Mb.