60
4.4-rasm. Hyper-V gipervizorida ichki tarmoq
Xost fizik tarmoq orqali tashqi tarmoqqa ulangan bo‘lib qoladi,
uning
sozlamalari ta’sir qilmaydi. Ushbu konfiguratsiya ko‘pincha o‘quv va tadqiqot
maqsadlarida ishlatiladi, bu sizga korxona ishchi tarmoqlariga ta‘sir qilmasdan turli
murakkablikdagi tarmoq konfiguratsiyalarini yaratish
va taqlid qilishga imkon
beradi.
4.3.3. Xususiy tarmoq
Xususiy tarmoqning ichki tarmoqdan farqi shundaki,
virtual kommutatorni
faqat virtual mashinalarga ulash va xostdan ajratish mumkin (4.5-rasm).
4.5-rasm. Hyper-V gipervizorida xususiy tarmoq
61
Ushbu turdagi tarmoqdan ta’lim va tadqiqot maqsadlarida,
shuningdek,
tarmoqning alohida bo‘limlarini, masalan, DMZ yaratish uchun ham foydalanish
mumkin (4.6-rasm).
4.6-rasm. Hyper-V gipervizorida DMZ tarmog‘i
Bunday holda, tashqi va xususiy tarmoqlar o‘rtasidagi
aloqa virtual
mashinalardan biri orqali amalga oshiriladi, ular ikkala
tarmoqqa ham ulanishi
kerak.
Ko‘rib turganingizdek, Hyper-V administratorga
juda murakkab tarmoq
konfiguratsiyalarini yaratish va boshqarishga imkon beradigan juda moslashuvchan
va kuchli vositani beradi.
4.4. Ishni bajarish tartibi
4.4.1. Hyper-V gipervizorida virtual mashina yaratish va unga
operatsion tizim o
‘