208
13-LABORATORIYA ISHI (4 SOAT).
CPT 8 VERSIYASINI O‘RNATISH, CPT 8 MUHITIDA SDN
KONTROLLERNI O‘RNATISH VA SOZLASHNI O‘RGANISH
13.1. Ishdan maqsad
CPT 8-versiyasini o‘rnatish, CPT 8 muhitida SDN kontrollerni o‘rnatish va
sozlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
13.2. Topshiriq
1) Kompyuteringizga Cisco Packet Tracer dasturini o‘rnating.
2) CPT8 ish oynasiga SDN kontrollerni o‘rnating.
3) Oddiy tarmoqni quring.
4) Kontroller uchun dastlabki sozlashlarni amalga oshiring.
13.3. Qisqa nazariy ma’lumotlar
Cisco Packet Tracer 8.
Cisco анонсировали Packet Tracer 8,
которая
является последней версией с 28 января 2021 года. Cisco Packet Tracer 8 – это
инструмент моделирования сети, поддерживаемый Windows, Linux, MacOSX,
Android, iOS. Cisco Packet Tracer 8 имеет как 32-разрядную версия, так и 64-
разрядную версию для большинства поддерживаемых операционных систем.
Cisco 2021-yil 28-yanvarda so‘nggi versiya bo‘lgan Packet Tracer 8-ni
ommaga e’lon qildi. Cisco Packet Tracer 8 - bu Windows, Linux, MacOSX,
Android, iOS tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tarmoq simulyatsiyasi vositasi.
Cisco Packet Tracer 8 ko‘pgina operatsion tizimlar uchun jumladan 32-bit va 64-
bitli versiyalari uchun ham mos keladi.
Cisco Packet Tracer 8 yangi funksiyalari.
Cisco Packet Tracer 8 ning asosiy
versiyasi ikkita katta yangi funksiyaga ega:
209
– Kengaytirilgan fizik muhit rejimi;
– Tarmoq kontrolleri.
Kengaytirilgan fizik muhit rejimi.
Kabellar tarmoqning muhim qismidir.
Kengaytirilgan fizik muhit rejimda kabellar batafsilroq yaratilishi mumkin, masalan,
kabelning rangini belgilashning imkoni bor va ularning tuzilishi real kabel tuzilishi
bilan mos tushadi. Bundan tashqari, portlarning kabellar orqali aloqasi 13.1-rasmda
ko‘rsatilganidek visual jihatdan haqqony ulanishlarga yaqinlashtirilgan,
har bir
qurilma uchun fizik ulanishlarni aniq belgilash mumkin.
13.1-rasm. Kengaytirilgan fizik muhit rejimda kabellar
Yana bir foydali yangi xususiyat simsiz signallarning qamrov doirasini
aniqlashdir. Kengaytirilgan fizik muhit rejimida bino
ichida simsiz signallarning
qamrovini ko‘rish va signal kuchini rang gradienti orqali aniqlash mumkin.
Shuningdek simsiz signalning qamrov diapazonni Dot11Radio interfeysi orqali
metrlarda sozlanishi mumkin.
Tarmoq kontrolleri.
Tarmoq boshqaruvchisi 127.0.0.1:58000
port orqali
kirish mumkin bo‘lgan veb-interfeys orqali markazlashtirilgan qurilmalarni
boshqarishni ta’minlaydi. Biz uning
ekranida marshrutizatorlar, kommutatorlar,
xostlar, ularning sozlik foizi, ishga yaroqlilik koefitsiyenti va boshqalar kabi foydali
210
ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. 13.2-rasmda ko‘rsatilganidek, boshqaruv paneli
orqali tarmoq holatini ko‘rish va nosozliklarni tekshirish yoki konfiguratsiya serveri
yordamida barcha tarmoq qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf etish buyruqlari va
konfiguratsiya sozlamalarini yuborish mumkin.
13.2-rasm. SDN kontroller boshqaruv paneli.