• 13.5. Nazorat savollari
  • Virtual tarmoq texnologiyalari




    Download 11,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/70
    Sana26.05.2024
    Hajmi11,81 Mb.
    #254490
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
    Bog'liq
    VTT metodichka Uzb

     
    13.4.2. Kontrollerni sozlash
    Kontroller oynasiga kiring. Buni amalga oshirish uchun istalgan 
    kompyuterning veb-brauzeriga o‘ting va rasmda ko‘rsatilganidek, uning IP-manzili 
    orqali kontrollerga ulaning (13.11-rasm). 
    13.11-rasm. IP-manzili orqali kontrollerga ulanish 
    Ochilgan oynada keyinchalik kontrollerga ulanishda foydalaniladigan yangi 
    login va parolni kiriting. 
    Kontrollerga kirganingizdan so‘ng, tarmoq holati haqida ma’lumotga ega 
    oyna ochiladi. kontrollerga tarmoqni hali ko‘rmayotganligi tufayli, grafiklarda biz 
    faqat 0 larni ko‘ramiz. Tarmoq qurilmalari va kontrollerni bir-biriga ulash uchun 
    “Provisioning” yorlig‘iga o‘ting. “Credentials” yorlig‘ida yangi foydalanuvchi 
    yaratamiz. Tarmoq nomi, SSH login va parolni o‘rnatamiz (13.12-rasm). 


    216 
    13.12-rasm. “Credentials” yorlig‘i 
    Keyin yangi qurilmalarni kontrollerga bog‘lash uchun “Discovery” yorlig‘iga 
    o‘ting. “+ Discovery” tugmasini bosing va parametrlarni o‘rnating. Qurilayotgan 
    tarmog‘imizning nomini, kontroller tashqi qurilmalarni qidirishda tarmoqqa 
    chiqadigan eng yaqin qurilmasi manzilini kiritamiz (bizning holatlarimizda bu 
    192.168.1.2 manzilli kommutator) va shuningdek, foydalanuvchimizni kiritamiz 
    (13.13-rasm). 
    13.13-rasm. “Discovery” yorlig‘i 


    217 
    Shundan so‘ng kontroller tarmoqdagi barcha mavjud qurilmalarni topadi. 
    Agar boshlang‘ich oynaga qaytadigan bo‘lsak (Dashboard) tarmoqning 
    ma’lumotlarini ko‘ramiz va tarmoqni monitoring qilish imkoniga ega bo‘lamiz 
    (13.14-rasm). 
    13.14-rasm. Tarmoqni monitoring qilish 
    13.5. Nazorat savollari 
    1. CPT8 haqida tushuncha bering. 
    2. CPT8 funksiyalarini tavsiflab bering 
    3. SDN kontroller nima? 
    4. Kontrollerni sozlash jarayonini tushuntiring. 
    5. Kontroller qanday funksiyalarga ega? 


    218 

    Download 11,81 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




    Download 11,81 Mb.
    Pdf ko'rish