Ключевые слова: компетентность, профессиональная компетентность,
компетентность, профессиональные знания, навыки, личный опыт, технологии,
образование, образовательные стандарты.
Abstract: pedagogical skills of a teacher, his competence, pedagogical
competence one of the ways to have a tangible impact on the improvement of pedagogical
competence is the professional development of continuing professional education. This article
discusses the pedagogical conditions for the development of professional competence of future
teachers, the content of the concept of competence, the principles of the competence approach.
The ways of pedagogical development of professional competence of students are shown.
Various opinions and judgments were expressed on the content of the set of competencies that
determine the level of development of pedagogical competence that can be acquired for future
teachers, and on the development of professional competence of future teachers.
Keywords: competence, professional competence, competence, professional
knowledge, skills, personal experience, technology, education, educational standards.
Kirish.Yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va ertangi
kunimizning hal qiluvchi kuchi bo`lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit
va imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga
VOLUME-1, ISSUE-5
57
qo`yiladigan talablarni tubdan o`zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod
standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo`yilmoqda. Hozirgi
vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya’ni
ta’lim maskanlarining maqsadini bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish tarzida
aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini o`z-o`zini
rivojlantirishga qaratilgan kompetent-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan
holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta’limda tashkil etilayotgan o`quv-tarbiya
jarayonining mohiyati tinglovchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki
bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
bo`lib qolmoqda.
Bugungi kunda ta’lim nafaqat talabaning har tomonlama rivojlanishi va uning
shaxsiy ehtiyojlariga, balki jamiyat ehtiyojlarini hisobga olishga ham yo`naltirilishi kerak.
Ushbu maqsadga erishish uchun ta’limda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvdan
foydalanish ko`proq yordam beradi.
Shu sababli, oliy ta’limni modernizatsiya qilishning istiqbolli yo`nalishlaridan biri bu
butun ta`lim tizimini takomillashtirish, uni yangi sifat darajasiga ko`tarish imkonini beradigan
ta’lim amaliyotiga kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni joriy etishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy pedagogika fanida bo`lajak o`qituvchining kasbiy
kompetentsiyasini shakllantirish muammosini o`rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, bu
avlodlar o`rtasidagi bog`lovchi "bo`g`in" dir [6, 6].
Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqiyosida o`z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan fikrlari ham
mustaqil O`zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham
e’tibordan holi emas. Shunday ekan darslarni yangi davr talabi zamonaviy yondashuvlar asosida
tashkil qilish biz o`qituvchilarning oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir.
Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo`li – oliy ta’limda yangicha, ya’ni
kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko`nikmalarni
alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog`liqlikda,
o`z navbatida o`qitish metodlarini tanlash tizimi ham o`zgarishga uchraydi. O`qitish metodlarini
tanlash va amaliyotda qo`llash ta’lim jarayonida qo`yiladigan talablarga muvofoq keladigan
kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi
pedagogik voqilik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi,
kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko`rib chiqish hamda ta’limning
an’anaviy uch elementi (triada) – “bilim – ko`nikma – malaka”ni oltita birlik (sekstet)- “bilim
– ko`nikma – malaka – amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya – kompetentlik” tarzida tahlil
qilish talab etiladi. Dastlab “kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish
zarur. Kompetensiya (lotincha so`z bo`lib, erishaman, to`g`ri kelaman ma’nolarini bildiradi) –
sub’yektning maqsadni qo`yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali
amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat
obyekti bilan bog`liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatdir. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy
ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog`liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o`rta ta’lim bilan
|