• Faoliyatli yoki maxsus kompetensiya
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Volume-1, issue-5




    Download 441,71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana19.11.2023
    Hajmi441,71 Kb.
    #101320
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    56-61 Safarova Nigora Nasilloyevna

     
     
     
    VOLUME-1, ISSUE-5 
    58 
    bog’liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo`lganligi sababli, uning mohiyatini 
    aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.
    Kompetensiya – lotincha “Competentia” so`z bo`lib, o`zbek tilidagi lug`aviy ma’nosi 
    “inson yaxshi biladigan”, “tajribaga ega bo`lgan” kabi ma’nolarni bildiradi. 
    Kompetentlik – biron-bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talabalarni 
    qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish 
    qobiliyati[4, 16]. 
    Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 
    zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalada yuqori darajada 
    qo`llay olinishidir[4, 18]. 
    L.M.Mitina pedagogik kompetentlik – deganda predmet haqidagi bilimlar, o`qitish 
    netodikasi, pedagogik muloqot ko`nikma va malakasi, shuningdek o`z-o`zini rivojlantirish, o`z-
    o`zini takomillashtirish, o`z-o`zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg`un 
    birlashishini tushungan[5, 320]. 
    U pedagogik kompetentlik tuzilmasida uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, 
    kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni 
    tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz bo`lajak o`qituvchilar uchun egallanish darajasi 
    pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar 
    majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz: 

    Faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko`nikma, malaka va pedagogik 
    faoliyatni amalga oshirishning individual usullari); 

    Shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o`z-o`zini takomillashtirish va o`z-
    o`zini amalga oshirishga oid bilim, ko`nikma va malakalar); 

    Kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga 
    oid bilim, ko`nikma va malaka).
    Ta’limning asosiy maqsadi mehnat bozorida raqobatbardosh, malakali, mas’uliyatli, o`z 
    kasbini yaxshi biladigan va tegishli faoliyat sohalariga yo`naltirilgan, doimiy kasbiy o`sishga, 
    ijtimoiy va kasbiy harakatchanlikka tayyor bo`lgan tegishli darajadagi va profildagi malakali 
    yoshlarni tayyorlashni belgilaydi. 
    Bunday yoshlarni tayyorlash uchun kompetentsiyaga asoslangan yondashuvga tayanish 
    kerak, uni amalga oshirish quyidagi maqsadlarga erishish bilan bog`liq: 
    • o`quvchining ijodiy, shaxsga yo`naltirilgan o`zini o`zi anglashi uchun qulay
    pedagogik shart-sharoitlarni yaratish orqali o`rganish, o`z taqdirini o`zi belgilash (o`zini o`zi 
    belgilash), o`zini o`zi tarbiyalash, o`zini o`zi rivojlantirish; 
    • o`z axloqi, ongi, madaniy darajasini rivojlantirish ustida mustaqil ishlashga qodir
    talaba shaxsining ma’naviy-axloqiy sohasini rivojlantirish; 
    • bitiruvchi shaxsini ijtimoiylashtirish, atrofdagi dunyoda (tabiat va jamiyat),
    o`zgarishlar makonida voqelikni, o`z faoliyatini o`zgartirish yo`llarini
    o`zlashtirish, kommunikativ madaniyat, ma’naviy-axloqiy shakllar orqali shaxsni
    rivojlantirish; hayotning barcha sohalarida o`zini tutish normalarini o`zlashtirish
    orqali o`zini o`zi belgilashni o`rganish; 
    • salomatlikni ta’minlash va muhofaza qilish. 
    V.M.Antipova kompetentsiyaga asoslangan yondashuv tamoyillariga quyidagilarni 
    kiritadi: 
    diagnostika, ya’ni xulq-atvor va fikrlashda namoyon bo`ladigan tashxis qo`yilgan 
    natijaga erishishga yo`naltirish; 



    Download 441,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 441,71 Kb.
    Pdf ko'rish