Bu oynalarda sarlavha qismining tagidagi qator meny qatori hisoblanadi. Uning
tagidagi qatorda esa «asboblar paneli» qatori joylashgan. Agar asboblar paneli
ekranda ko`rinmasa, uni
Vid
(Ko`rinish) menysining
Panel instrumentov
(Asboblar paneli) buyrug`ini tanlash yo`li bilan ekranga chiqarish mumkin.
Boshqa qurilmani tanlash uchun oynadagi shu qurilma belgisi, boshqa papkaga
o`tish uchun shu papka belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
Fayllar guruhini ajratish
Papkadagi hamma
fayllarni ajratish uchun
Pravka
(Tahrirlash) menysining
Videlit vse
(Hammasini ajratish) buyrug`ini tanlash kerak. Buning uchun Ctrl+A
tugmalar birikmasini ham ishlatish mumkin.
Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun,
oldin birinchi fayl
ajratiladi, keyin
Shift
tugmasini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi.
Alohida fayllarni ajratish uchun
Ctrl
klavishasini bosib turgan holda ayrim
fayllarning nomlari ustida ketma-ket sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish
Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p
ishlatiladigan
amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va
yangi joyga faylning nusxasi ko`chiriladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa
joyidan o`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
–
Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish;
–
Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun «Buferga nusxasini
ko`chirish»
(
Copy
)
asbobini, ko`chirish
uchun esa