|
Virezat/Cut
-Buferga
ko`chirish asbobini tanlash Pdf ko'rish
|
bet | 17/21 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 395,17 Kb. | | #268024 |
Bog'liq referatVirezat/Cut
-Buferga
ko`chirish asbobini tanlash;
–
Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;
–
«Asboblar paneli»dan «Buferdan olib qo`yish»
(Paste)
asbobini tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishning boshqa usullari ham bor.
–
Fayl nomida sichqoncha bir marta bosiladi va
Fayl
menysining
Otpravit-
Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga jo`natish kerakligi
ko`rsatiladi.
–
Fayl nomida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst
menydan
Otpravit
-Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga
jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
–
Faylni sichqoncha yordamida ham ko`chirish mumkin. Bu usul
Drag and
drop
- surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan
fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va kerakli
joyga suriladi, so`ngra sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
–
Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida sichqonchaning
o`ng tugmasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst
meny paydo bo`ladi. Menyning
Kopirovat
-Nusxa olish buyrug`i tanlanadi.
Fayl nomini o`zgartirish
Moy kompyuter
yoki
Provodnik
oynalarida quyidagilarni bajarish kerak:
–
Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
–
Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi.
–
Yangi nom klaviatura yordamida kiritiladi.
–
Enter
bosiladi.
Ish stolidagi belgining nomini o`zgartirish uchun, oldin shu belgi tanlanadi, keyin
uning nomi ustida sichqoncha bosiladi va yangi nom kiritiladi.
|
| |