• Alimov Yo’lchi Abdumo’minovich Termiz davlat pedagоgika instituti talabasi, Musurmonov Javohir Chori o’g’li
  • World scientific research journal




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #240969
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    92-96



    World scientific research journal
     
    www.wsrjournal.com Volume-27 _ Issue-1 _ May-2024
    92 
    TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA INTERNET 
    XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNING O’RNI 
     
    Abdurazzoqov Ilhom Rustamovich 
    Termiz davlat pedagоgika instituti
    Infоrmatika va uni о‘qitish metоdikasi 
     kafedrasi o’qituvchisi 
    Alimov Yo’lchi Abdumo’minovich
    Termiz davlat pedagоgika instituti talabasi, 
    Musurmonov Javohir Chori o’g’li 
    Termiz davlat pedagоgika instituti talabasi 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada Ta’lim jarayonini tashkil etishda Internet 
    xizmatlaridan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati va haqida Internet 
    xizmatlari turlari haqida fikr yuritdik.
     
     Kalit so’zlar:
    Kompyuter savodxonligi, o’quv tarbiya jarayoni, internet tezligi, 
    milliy axborot qidiruv tizimi, pedagogik texnologiya xususiyatlari. 
     
    Kirish. 
    Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib 
    borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham 
    tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i 
    har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda 
    qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining 
    paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va 
    tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib 
    berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil 
    kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda 
    tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim 
    maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va 
    o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: 

    axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar; 

    bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi; 

    mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; 

    bolani 
    aqliy 
    jihatdan 
    rivojlantirishga, 
    hissiy-estetik 
    doirasini 
    kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. 
    Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv 
    faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar 
    yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan 
    uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan 
    chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda 



    Download 0,59 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish