• Asosiy qism.
  • Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida
  • World scientific research journal




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #240969
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    92-96

    World scientific research journal
     
    www.wsrjournal.com Volume-27 _ Issue-1 _ May-2024
    93 
    o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari 
    orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy 
    imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va 
    axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga 
    aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon 
    (salohiyatli) bo‘lishi kerak. 
    Asosiy qism. 
    Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. 
    Bulanova Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi 
    bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
     
    1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga 
    qodirlik; 
    2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; 
    3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada 
    bo‘lishi; 
    4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida 
    nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi; 
    5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi; 
    6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, 
    uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish. 
    Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 
    katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot 
    texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli 
    bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. 
    Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: 

    o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida; 

    kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida 
    o‘quv materialini o‘zlashtirishda; 

    o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va 
    mustahkamlashda; 

    o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va 
    o‘zo‘zini nazorat qilish bosqichida; 

    o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va 
    tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga 
    tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin. 
    Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan 
    o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda 
    o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va 
    o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. 
    O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda 
    masofali o‘qitish. 



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish