|
World scientific research journalBog'liq 92-96World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-27 _ Issue-1 _ May-2024
94
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda
masofali o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Masofadan turib o‘qitish bu inson o‘zining
bilim darajasini oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xoxlovchilar,
maktabga borish imkoniyati bo‘lmagan, nogironlar, keksa yoshdagilar kabilar uchun
katta yo‘l ochib beradi. Masofali o‘qitishda biz hech kimni majbur qila olmaymiz.
Bunda xoxlovchi o‘z imkoniyatiga qarab muloqot qilish, qo‘shimcha axborot to‘plash
va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masofali o‘qitish hozirgi kunning barcha
talablariga javob beradi, ayniqsa, yo‘l xarajatlarini hisobga olmaganda, kunduzgi
ta’limni barcha sistemalarini tashkil qilish mablag‘lariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, ko‘p yillar davomida sirtqi ta’lim asosan televedeniya, radio yoki matbuot
orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Lekin bularni amalga oshirish ko‘pgina faktorlar
hisobida qiyinchilik bilan amalga oshirilib kelindi. Yangi axborot texnologiyalari
asosida masofali o‘qitishni tashkil qilishning bir qator usullari mavjud: interfaol
teoevedeniya, telekommunikatsiya, CD-ROM texnologiyasi asosida, o‘quv radio va
televedeniya, video lentalar va hokazo. So‘ngi yillarda to‘rt xil turdagi masofali
o‘qitish keng tarqalmoqda:
Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integrallashtirish yo‘lida faol siyosat
yuritib, iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim sohasi va axborot almashish borasida dunyo xalqlari
bilan o ‘zaro hamkorlikni tabora mustahkamlamoqda. Bu borada yurtimizda bir qancha
ishlar amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida
mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim tizimiga
xorijiy o‘quv markazlarining yangi pedagogik texnologiyalarini ijobiy tajribalarini jalb
etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasidagi muhim vazifalardan biridir.
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy
bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan,
fantexnikaning yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning
differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida
integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali
pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida
shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega,
fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal
egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik
va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va
malakasini puxta o ‘zlashtirgan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Ilmiy
texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda
ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo
etmoqda. Chunki, pedagogning o ‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida emas, balki
bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi, ilmiy-texnik
taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi
va ulardan o ‘qitish jarayonidafoydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim
|
| |