|
World scientific research journalBog'liq 92-96World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-27 _ Issue-1 _ May-2024
95
tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim islohotlari
amalga oshirilayotgan hozirgi davrda har bir fanni o‘qitish mazmunini qayta tahlildan
o ‘tkazish va buni tubdan isloh qilish nuqtai nazardan yondashuv zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalarining jadal sur’atlar
bilan rivojlanishi va joriy etilishi jamiyat taraqqiyoting barcha yo‘nalishiga ulkan
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir sohaga tegishli ko‘plab Web-portallar, internet
saytlari, axborot tizimlarining yaratilishi va elektron axborot almashish,
markazlashgan axborot resurslari, turli ko‘rinishdagi interaktiv xizmatlaridan
foydalanishning keng y o ‘lga qo‘yilishi esa keng qatlamdagi jamoatchilik orasida
axborot tanqisligiga barham berilishiga, ma’lumot olish, qayta ishlov berish va uzatish
imkoniyatining keskin oshuviga va boshqa ko‘pgina qulayliklarni keltirib
chiqarmoqda. Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar ta’lim-tarbiya
jarayonining tez takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo
etadi, ya’ni o ‘qituvchi pedagogik va axborot vositalaridan to‘liq foydalana bilishi va
ishlata olishi talab etiladi. AKTning eng ommalashgan vositalaridan biri bu –
televideniye hisoblanadi. Ta’limiy teledasturlardan butun dunyoda keng foydalaniladi,
bu esa masofaviy ta’limning yorqin ko‘rinishidir. Televideniye orqali tayyorlangan
turli ta’limiy vositalarni keng foydalanuvchilar auditoriyasi uchun namoyish qilishning
imkoni mavjud. Bunda o ‘quvchi va talabalar o ‘z bilimlarini maxsus imtihon va testlar
yordamida tekshirishlari mumkin. Demak, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, internet, electron darsliklar va multimedia resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish kafolatlanadi.
Xulosa.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot fan,
madaniyat, texnika va texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning
takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir. Fan va texnikaning jadal
rivojlanishi ta’lim jarayonida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berishini taqozo etdi. Dars
davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda
rivojlantirib borish dolzarb mavzuga aylandi. Ta’lim jarayoni markazida o‘quvchining
turishi va sub’yekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lib qoldi. Agar dars jarayoni
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan
foydalangan
holda
mukammal
rejalashtirilmasa, aniq qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Natijada zaif, yetarli
darajada tashkil etilmagan dars samarasiz yakunlanadi. O‘quvchi zerikib keraksiz
hissiyotlarga beriladi, uning bilimga chanqoqligi pasayadi va hatto o‘qishga bo‘lgan
qiziqishi sinadi. O‘quvchi bu fanga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydi. Shuning
uchun o‘qituvchi interfaol metodlarni dars jarayoniga tatbiq qilar ekan, o‘quvchilarda
fanga va mavzuga qiziqishni uyg‘ota olishni o‘z rejasidan chetda qoldirmaslik kerak.
Didaktik adabiyotlarda, o‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda interfaol
usullardan samarali foydalanish tavsiya etila boshladi. O‘qituvchi o’qitish va o‘rgatish,
shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas’ul
|
| |