|
Wsrjournal com 1 boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanishBog'liq BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Iteratorlar va ularning vazifalari, 2-mustaqil ish sertifkatlashtirish, sezgi a\'zolari, tex ijod oraliq, maxsulot tayyorlash sirtqi uchun topshiriq 2022 , mashina-choki-turlari-birlashtiruvchi-choklar-ziy-choklar
«Klaster» metodi
Klaster (gʻuncha, bogʻlam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli
boʻlib, u tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq oʻylash va
shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod
turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻgʻrisida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani
aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob'yektga yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi.
Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga
oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning tahsil oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta
oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Interfaol metodlarning asosiy xususiyati shundaki, u bir mulohaza ustida koʻproq
toʻxtalishga, u haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilishga undaydi. Masalan, Klaster metodidan
boshlangʻich sinf matematika darslarida katta mavzu yoki boʻlim soʻngida, qolaversa, yangi
mavzuni oʻtish jarayonida ham foydalanish mumkin. Masalan, 10 ichida arifmetik amallarni
bajarish boʻlimi soʻngida bu metoddan foydalanish yaxshi natija beradi. Oʻquvchilar aynan shu
boʻlimni oʻtish jarayonida nimalar bilan tanishgan boʻlsa, birin-ketin xotirasiga keltirib, hatto
misollar va ularning yechilish yoʻllarigacha qayd etishga harakat qiladilar. Klaster metodidan
foydalanish chogʻida uning xususiyati va ahamiyati haqida oʻquvchilarga tushuncha berib oʻtish
lozim. Masalan:
-tayanch tushunchani oʻqigach, nimani oʻylasangiz shuni yoriting;
- yozilgan fikr orfografik jihatdan tahlil qilinmaydi;
-berilgan vaqt nihoyasiga yetmagancha fikrni yozishdan toʻxtamaslik, bir muddat hech
narsa tasavvuringizda hosil boʻlmasa, to eslab olguncha, biror narsaning rasmini chizish,
-gʻoyalar aloqadorligi va xilma-xilligiga e’tibor berish,
-vaqt tugagach, tushuncha atrofidagi kerakli asosiy gʻoyalar yigʻilib, chiroyli matn hosil
qilish.
|
| |