-rasm. Intellektual tizimdagi bilimlarning sinflanishi




Download 2,23 Mb.
bet93/123
Sana22.01.2024
Hajmi2,23 Mb.
#143444
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
Bog'liq
X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

13.2-rasm. Intellektual tizimdagi bilimlarning sinflanishi.


Original (asl nusxa) mohiyati (asosiy xosalari) o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar sistemasidir. Keng ma’noda predmet saqlash deganda nimani fikrlanishi mumkin bo’lsa, o’sha tushuniladi. Ya’ni, borliqdagi va hayolan tasavvur etilgan har qanday narsa, hodisa, ish-harakat, voqea. Ularning xossalari va munosabatlar – predmetlardir. Har qanday predmet o’z navbatida boshqa
predmetlardan tashkil topgan deb qaraladi. Demak, original – qandaydir real mavjud bo’lgan yoyinki hali mavjud bo’lmagan, loyihalashtirilayotgan sistemalar, elementlar va ularda yuz beradigan hodisalar, jarayonlar, texnologiyalar va ular haqidagi bilimlardir. Original predmet sohasining alohida qaraladigan qismidir. Original – u mansub bo’lgan predmet sohasining tilida ifodalanadi va predmet sohasiga oid umumiy bilimlarda, ya’ni muayyan fan sohasida muayyan tarzda aks etadi. Originalga “Robot texnikasi” predmet sohasi deb qaralganda, uning qismi bo’lgan “Kinematika”, “Dinamika”, “Boshqaruv tizimlari”, “Texnologiya jarayonlari” bo’limlari, bu bo’limlar predmet sohasi deb qaralganda esa shu bo’limlarda qaraladigan muayyan tizimlar, jarayonlar, texnologiyalar va shular misol bo’la oladi.
Model – (lotincha modulus – andaza, namuna, nusxa) keng ma’noda originalning o’rniga ishlatiladigan uning obrazidir. Model (aks etgan nusxa) originalning asosiy xossalarini aks ettiruvchi predmetlar va ular bglanishlarining majmuasidir. Model originalning asosiy xossalarini aks ettirgan holda originaldan bevosita olish qiyin bo’lgan yoki olish imkoni bo’lmagan ma’lumotlarni olish uchun tanlangan predmet yoki predmetlar sistemasidir. Model ham o’z navbatida biror predmet sohasining bir qismidir.
Modellash – bilsh uslubining bir turidir. Modellash uslubi – originalning xossalarini uni aks ettiruvchi modelni tadqiq etishga asoslangan bilish uslubidir. Modellash modelni tuzish, uni o’rganish va model haqida olingan bilimlarni originalga tadbiq etish jarayonlaridir. (13.3 – rasm).
Modellashda rasmda ko’rsatilgandek 3 tomon qatnashadi: original, sub’ekt, model.
Modellashni amalga oshiruvchi sub’ekt original va model tegishli bo’lgan predmet sohalaridagi bilimlardan (fan sohasidan) xabardor bo’lmog‘i lozim va shundagina, u modellash jarayonlarini amalga oshira oladi. Model tuzish jarayoni originalning modelda aks ettirilishi lozim bo’lgan xossalarini va bu xossalar mohiyatini ochib beruvchi predmetlarni (ob’ektlarni) tanlashdan, bu xossalar va ob’ektlar haqida predmet sohasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ishdan boshlanadi.
Mazkur predmet sohasi uchun model rolini o’ynay oladigan predmet (fan) sohasi tanlanadi va unda model tuziladi.



Orginal haqida bilim

Orginalga

Model haqida bilim

qo‘llash (Q)


Download 2,23 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Download 2,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Intellektual tizimdagi bilimlarning sinflanishi

Download 2,23 Mb.