|
-rasm. Robotlarning intellektual tizimlarda mantiqiy xulosa
|
bet | 92/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar
jarayoni.
Bilim tushunchasi; Bu tushuncha intellektual sistemalarda asosiy tushunchalardan hisoblanadi. Tashqi muhitning ob’ektlarini bilish orqali olingan natijadir. Bilim deganda fakt va qoidalar yig’indisini yoki to’plamini tushunamiz. Intellektual masalalar quyidagi xususiyatlarga ega : birinchidan masalani yechish algoritmi noma’lum, ma’lum emas va ularda tasvir, rasm, belgi, harf, so’z, ovoz,
shaklidagi informatsiyalar ishlatiladi. Ikkinchidan tanlash imkoniyati mavjud ya’ni bir necha variantdan bittasini tanlab olinadi.
Predmet sohasi deb faoliyat ko’rsatilayotgan soha tushuniladi; sanoat roboti uchun predmet sohasi bo’lib stanok, detal boshqa yordamchi qurilmalar kiradi.
Adaptiv sistema – boshqariladigan ob`yekt, boshqarish maqsadi yoki atrof muhit xusisiyatlari o’zgarganda ham ishlash qobiliyati saqlab qoladigan sistemadir. Bunday sistemalar robototexnika sohasida ko’p ishlatiladi.
Itellektual sistema deb, ma`lum muhitda konkret situasiyani hisobga olib oldiga qo’yilgan masalani yechish bo’yicha maqsadga muvofiq programmani ishlab chiqadigan adaptiv sistemaga aytiladi.
Intellektual sistema yechadigan masalalar quyidagi xususiyatga ega bo’lishi
tashqari, tasvir shaklidagi, rasm, harflar, so’zlar, ovoz kabi ko’rinishdagi informasiyalar ham ishlatiladi;
ularda noaniqlik shartida ko’p variantlardan birortasini tanlash kerak bo’ladi.
Intellektual robototexnik tizimi (IRT) shunday o’zgaruvchidan tashkil topadiki, u tashqi muhitni hisobga olgan holda, boshqaruv ob`yektiga real ijro sistemasi orqali ta`sir etadigan sistemadir. IRT da maqsad va boshqarish ta`sirlari tashqi muhit, boshqarish ob`yekti va real situasiyani hisobga olgan holda shakllantiriladi.
IRTning xususiyati, u o’rgansin, moslashsin, tajriba orttirish, qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Intellektual sistemalarda bilimlar ikki guruhga bo’linadi:
statik bilimlar;
dinamik bilimlar.
Statik bilimlar deb, intellektual sistemani loyihalash etapida kiritilgan bilimlarga aytiladi.
Dinamik bilimlar deb, intellektual sistemaning ishlash jarayonida yoki real vaqt masshtabida olingan bilimlarga aytiladi.
Bilimlarni fakt va qoidalarga bo’lish mumkin.
Fakt deganda shunday bilimlar turi tushiniladiki unda “A bu A” , ular ma`lumotlar bazasi uchun xarakterlidir.
Qoidalar (produksiyalar) deganda shunday blimlar turi tushuniladiki unda “AGAR-UNDA” qoidasi bo’ladi.
Bulardan tashqari metabilimlar ham borki, ular bilimlar bo’yicha bilimlardir.
Bilimlarning sinflanishi 13.2-rasmda keltirilgan.
|
| |