almashinishining yuqori unumdorligini ta’minladi,
lekin har galgidek
jihozlar va dasturlar ishlab chiquvchilaming talabini qoniqtira olmay
qolgan vaqti keldi. Odatdagidek, birinchi bo‘lib
videokarta ishlab
chiqaruvchilar qiynalishdi. 90- yillar oxirida PC! shinasi kompyuter
grafikasi rivojiga to‘siq bo‘la boshladi. Shunda
yangi interfeys - AGP
(Accelerated Graphics Port)
paydo bo‘ldi. Bugungi kunda deyarli hamma
videokartalar ushbu standart uchun chiqarilmoqda.
Ular onalik platasining
(66/100/133 MGs) chastotasida ishlaydi va PCI videokartasiga nisbatan bir
necha marta yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.
AGP standarti unumdorlikning bir necha rejimlari - AGP, AGPx2,
AGPx4 va AGPx8 ni nazarda tutadi. Ushbu
rejimlaming qaysi biridan
foydalanish onalik platasining chipsetiga bog‘liq. Hozirgi paytda AGPx4
interfeysi va videokartalar ma’lumotlaridan foydalanish uchun chipsetlar
keng tarqalgan.
AGP shinasi va onalik platasining asosiy
shinasi orasidagi aloqani
chipsetning «shimoliy» ko‘prigi ta’minlaydi.
PCI Express
PCI Express xususiyatlari
Intel va uning hamkorlari ishlab chiqqan PCI Express ketma-ket
shinasi PCI parallel shinasini va uning kengaytirilgan va ixtisoslashtirilgan
varianti AGPni almashtirish uchun mo‘ljallangan.
Nomlari o‘xshash bo'lgani bilan PCI va PCI'Express laming umumiy
jihatlari kam. PCI da foydalaniladigan ma’lumotlami
parallel uzatish
protokoli o‘tkazish polosasining kengligiga va shina ishining chastotasiga
cheklashlar qo‘yadi; PCI Express da qo'llanilgan ma’lumotlami ketma-ket
uzatish masshtablash imkoniyatini ta’minlaydi.
PCI shinasi 33 yoki 66 MGs chastotasida ishlaydi va 133 yoki 266
Mb/s o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta ’minlaydi, lekin bu o‘tkazuvchanlik
qobiliyati PCI ning hamma qurilmalari orasida taqsimlanadi.
PCI Express
shinasi ishlaydigan chastota - 2,5 GGs, bu PCI Express ning har bir
qurilmasi uchun bitta yo‘nalishda 2500 MGs/10*8=250*8 Mbit/s
o'tkazuvchanlik qobiliyatini beradi (ortiqcha kodlanish tufayli 8 bit
ma’lumotlami uzatish uchun amalda 10 bit informatsiya uzatiladi). Bir
nechta taimoq bo‘lganda o'tkazuvchanlik qobiliyatini hisoblash uchun 250
Mb/s ni liniyalar soniga va yana 2 ga ko'paytirish
lozim chunki PCI
Express - ikki yo‘nalishli shinadir (3.3-jadval).