Har bir boshqarish usulining afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Masalan, BIOS dasturini qayta sozlash
yordamida onalik platasi
parametrlarini boshqarish qulay, chunki bu tizim bloki korpusini
bo‘laklarga ajaratishni va onalik platasiga kirishni talab qilmaydi.
Ikkinchi
tarafdan, parametrlarni belgilashda yanglishilsa, BIOS dasturlari ishlash
qobiliyatini yo‘qotishi mumkin - bunda
kompyutemi umuman ishga
tushirib bo‘lmaydi va dasturiy yo‘l bilan BIOS sozlanishini qayta tiklab
bo‘lmaydi. Bu holda onalik platasidagi qayta ulagichlar yordamida BlOSni
sozlash mumkin.
BIOS mikrosxemasini topish oson. Protsessorni hisobga olmaganda,
bu - kompyuterga kavsharlanmagan yagona mikrosxemadir.
U maxsus
kolodkaga o ‘rnatiladi, demak uni yechib olish va almashtirish mumkin. Bu
ishni foydalanuvchi bajarmagani ma’qul, chunki BlOSni almashtirish -
kompyuterga xizmat ko‘rsatish emas, balki ta’mirlashdir; uni mutaxassis
bajarishi lozim.