Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

Tizimdagi operativ xotira - bu mikrosxemalar majmui yoki 
mikrosxemalardan tarkib topgan modullardir, ular odatda tizimiy plataga 
ulanadi. Bu mikrosxemalar va modullar turli xarakteristikalarga ega 
bo‘lishi mumkin. Ular to‘g‘ri funksiyalanishi uchun o‘zi o'matiladigan 
tizimga mos (birga ishlay oladigan) bo‘lishi kerak.
DRAM qurilmalarida bitta bitni saqlash uchun faqat bitta tranzistor 
va bir juft kondensatorlardan foydalaniladi, shu sababli xotiraning boshqa 
turdagi mikrosxemalariga qaraganda ulaming sig'imi ancha kattadir. 
Hozirgi paytda sig‘imi 512 Mbayt va undan kattaroq bo‘lgan dinamik 
operativ xotiraning mikrosxemalari mavjud. Bu shuni bildiradiki, bunday 
mikrosxemalar 256 mln dan ko‘proq tranzistorga ega.
3.2.3. Kesh-xotira - SR A M
Boshqa xotiralardan tubdan farqlanadigan xotira mavjud - bu statik 
operativ xotira (Static RAM - SRAM) yoki kesh-xotiradir. Uning bunday 
nomlanishining boisi shundaki, dinamik operativ xotira (DRAM)dan farqli 
ravishda undagi narsalami saqlash uchun davriy regeneratsiya talab 
qilinmaydi. Lekin bu uning yagona afzalligi emas. Dinamik operativ 
xotiraga nisbatan SRAM ancha tez ishlaydi, u zamonaviy protsessorlar 
ishlaydigan chastotada ishlay oladi.
3.2.4. Operativ xotira tezkorligi
Operativ xotira tezkorligi nanosekund (sekundning milliarddan bir 
boiagi)larda o‘lchanadi. Tezkorlik onalik plata ishlaydigan chastota bilan 
muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
SD RAM
Bu dinamik operativ xotira DRAMning shunday turiki, uning 
ishlashi xotira shinasi bilan sinxronlashadi. SDRAM (Synchronous 
DRAM) informatsiyani tezkor sinxronlashgan interfeysdan foydalanuvchi 
yuqori tezkorli paketlarda uzatadi. SDRAM asinxron DRAM ishlaganda 
zarur bo‘lgan kutish sikllarining ko'pidan foydalanmaslikka imkon beradi,
48


chunki bunday turdagi xotira ishlaydigan signallar tizimiy plata 
generatorining takti bilan sinxronlashgan.
DDR SD RAM
DDR (Double Data Rate - двойная скорость передачи 
данных/ma’lumotlarni uzatishning ikkilangan tezligi) - SDRAMning 
yanada takomillashgan standartidir, undan foydalanilganda m a’lumotlami 
uzatish tezligi ikki marta ortadi. Bu takt chastotasining ikkilanishi hisobiga 
emas, balki bir siklda ma’lumotlami ikki marta: birinchi marta sikl 
boshida, ikkinchi marta esa - sikl oxirida uzatish hisobiga erishiladi. 
Uzatish tezligi aynan shuning hisobiga ikki marta oshadi (bunda o‘sha 
chastotalar va sinxronlashtiruvchi signallaming o‘zidan foydalaniladi).
Operativ xotira tezkorligini o‘lchaydigan ikki tizim: biri - SIMM 
modullar, ikkinchisi - DIMM modullari uchim mavjud. SIMM modullari 
uchun xotira mikrosxemalari 60, 70, 80 nanosekund kirish vaqtiga ega; bu 
vaqt qancha kichik bo‘lsa, shuncha yaxshi (va qimmatroq). Bu parametr 
ma’lumotlami yozish/o‘qishga mikrosxemaga murojaat uchun qancha vaqt 
zarurligini bildiradi. Onalik platasi asosiy shinasining chastotasi qancha 
yuqori bo‘lsa, xotiraga kirish vaqti shunchalik kam bo‘lishi kerak. Agar 
onalik platasi 66 MGs chastotada ishlasa, xotiraga kirish 80 ns vaqtga ega 
bo‘lishi lozim. 100 MGs chastotada ishlaydigan onalik platalari uchun 
yurish vaqti 60-70 ns bo‘lishi zarur. 60 ns li xotira mikrosxemalarining 
ba’zi ekzemplyarlari hattoki 133 MGs chastotali onalik platalari bilan 
ishlay olmaydi.
DIMM modullari uchun boshqacha tezkorlikni o‘lchash tizimi qabul 
qilingan. Ular ham nanosekundlarda oichanadi, lekin ularda fizikaviy 
ma’no boshqacha. Xarakterli qiymatlar: 6, 7, 8, 10, 12 ns. Ulami onalik 
platasi asosiy shinasi chastotasiga teskari kattalik deb qarash kerak. 
Masalan, agar chastota 100 MGs bo‘Isa, operativ xotira tezkorligi 10 ns 
gacha bo‘lishi lozim. Agar chastota 66 MGs bo‘lsa, 12 ns li xotira to‘g‘ri 
keladi va 133 MGs chastota uchun tezkorlik 6 yoki 7 ns bo‘lishi lozim.
SIM M va D IM M modullari
Operativ tizimiy xotiralar dastlab alohida mikrosxemalar ko‘rinishida 
o'rnatilar edi, ular o‘zining konstmksiyasi tufayli chiqishlari ikki qatorli 
joylashgan (Dual Inline Package - DIP) mikrosxemalar nomini oldi.
Zamonaviy tizimlarda chiqishlari bir qatorda joylashgan xotira 
modullari (Single Inline Memory Module - SIMM) va chiqishlari ikki 
qatorda joylashgan xotira modullari (Dual Inline Memory Module -
DIMM)dan foydalaniladi.
Masalan, SIMM modullarining har xil xossalarga ega boigan 
modullarining ikkita asosiy turi: 30 kontaktli (8 bit plyus juftlikni nazorat
49


qilish uchun 1 qo‘shimcha bit) va 72 kontaktli (32 bit plyus juftlikni 
nazorat qilish uchun 4 qo‘shimcha bit) mavjud. SIMMning 30 kontaktli 
modulining o'lchamlari kichik, xotira mikrosxemalari esa plataning bir 
tarafida yoki ikkala tarafida joylashishi mumkin.
Dastlab xotiraning sakkiz razryadli SIMM modullari paydo bo'ldi. 
Ular 
katta 
bo‘lmagan 
pechatlangan 
platachalar 
bo‘lib, 
xotira 
mikrosxemalari ularga kavsharlanar va onalik platasidagi maxsus 
bo‘linmalarga vertikal o‘matilar edi. Ular xotirasi 32 razryadli tashkil 
qilingan SIMM-modullari bilan almashtirildi. 486 kompyuterlar uchun 
(to‘rtta 30 kontaktlining o‘miga) bunday modulning bittasi yetarli edi, 
ma’lumotlar shinasi 64 razryadli bo‘lgan «Pentiumlar» uchun esa SIMM- 
modullar soni albatta juft bo'lishi kerak bo'ldi.
Hozirgi paytda SIMM modullardan foydalanilmaydi. Xotira 
mikrosxemalar ini ishlab chiqarish texnologiyasi - mikroelektronikaning 
eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Yaqin paytlargacha xotira 
protsessordan ancha sekin ishlar edi, unga murojaat qilish uchun kutish 
sikllari va maxsus bufer sxemalari - kesh-xotiralardan foydalanilar edi. 
Xotiraning SIMM modullari protsessor bilan sinxron ishlaydigan DIMM 
modullarga almashtirildi (3.5-rasm).
DIMM modullarni juft o‘matish shart emas, ularni toq o ‘matsa ham 
bo‘ladi. Universal onalik platalari ham DIMM modullarini va ham SIMM 
modullarini o‘rnatish bo‘linmalariga ega, lekin ularni aralashtirib o‘matib 
bo‘lmaydi. Ya’ni operativ xotiraning mikrosxemalari muayyan bir turga 
taalluqli boiishi kerak, bu tasdiq - zamonaviy modullarga ham 
taalluqlidir.
Operativ xotira modullari 3.5-rasmda keltirilgan.
3 .5- rasm Operativ xotira modullari
Kompyuteming ishonchli ishlashi muayyan modullaming xossalariga 
bogiiq bo‘lishi mumkin. Muayyan ishlab chiqaruvchining bir xil 
modullaridan (iloji bo‘lsa bitta partiyasidan) foydalanish eng yaxshi 
variant hisoblanadi (3.6-rasm).
SO



Download 6,54 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish