3.4. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar Kompyuter tashqi qurilmalari - ma’lumotlarni kiritish, chiqarish,
tayyorlash va katta hajmli informatsiyalami xotirada saqlab qolish uchun
foydalaniJadigan kompyuter qurilmalaridir. TQlaming farqli xususiyati
shundaki, ular ish jarayonida informatsiya mazmunini o'zgartirmagan
holda, ularning taqdim etilishi shaklini o‘zgartiradilar. Markaziy
qurilmalaming tez takomillashtirilishi, o‘lchamlarining kichiklashishi,
narxining muntazam arzonlashib borishi TQlar ahamiyatining ortib
borishiga olib keldi. Hozirgi kunda TQlar narxi kompyuter narxining katta
qismini tashkil qiladi, ularning gabarit oTchamlari esa kompyuter
o‘matiladigan xonaning o‘lchamlarini belgilaydi. Buning asosiy sababi -
TQ
asosan
elektromexanik
qurilma bo‘lib,
ularning
tezkorligi,
shtampliligi,
gabarit
oTchamlari
va
boshqa
xarakteristikalari
cheklangandir.
Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar kompyuter xotirasini o ‘nlab va
yuzlab gigabaytlargacha ko'paytirish imkonini beradi; bu katta hajmli
maTumot va loyihaviy informatsiyalar bilan ishlaydigan kompyuterli
loyihalash uchun zarur. Bu TXQlar - OXQlariga nisbatan tashqidir va shu
sababdan tashqi (TXQ) deyiladi. TXQda saqlanuvchi ma’lumotlar bevosita
markaziy protsessor tomonidan informatsiya almashinuvini amalga
oshiradi. Shuning uchun qolgan boshqa tashqi qurilmalarda ma’lumotlar
almashinishi prinsipi qanday bo‘lsa, TXQ uchun ham shunday boTadi.
Magnit diskida to‘plagich (MDT) - eng tezkor TXQdir; u katta hajm
va yetarlicha tezkorlikka ega.
MDT to‘g‘ri (bevosita) kiriladigan qurilma boTib, unda adreslash
tizimi qoTlanadi; bu ma’lmnotlar massivining istalgan qismiga murojaat
qilish imkonini beradi. Bu holda qidirish vaqti qidirilayotgan informatsiya
birligi tashuvchining qaysi qismida joylashganligiga kam bogTiq.
M a g n i t d i s k i d a t o ' p l a g i c h l a r informatsiyaning katta
massivlarini operativ saqlash uchun foydalaniladi. Odatda magnit disk
(MD)larida ko‘p qayta foydalaniladigan dasturlar, so‘rov ma’liunotlari va
63
sh.k.lar saqlanadi. Magnit diskida to‘plagichlar katta hajmga ega, qidirish
vaqti kam, informatsiya bitini saqlash narxi nisbatan arzon.