Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

3.4.1. HDD -b ik ir disk
HDD {Hard Disk Drive) -  bizning hamma dasturlarimiz va 
informatsiyalami bosh saqlagichdir (3.14- rasm). Gaplashganda uni 
«vinchesten> deyishadi. Bikir disk ichida magnit qatlami bilan qoplangan 
disklar katta tezlikda aylanadi. Bu disklar sirtlarida o‘quvchi/yozuvchi 
kallaklar siljiydi. Disklar va kallaklar germetik va mustahkam korpusda 
joylashgan.
3.14- rasm. Hitachi Travelstar vinchesteri
Bikir disk - «yuqori texnologiya»ning murakkab qurilmasidir. U 
avaylab murojaat qilishni va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilishni talab 
qiladi. Disklar katta tezlikda aylanayotgan paytda ulaming sirtlari bilan 
o'quvchi/yozuvchi kallaklar orasida yupqa havo yostiqchasi hosil bo'ladi; 
u kallaklaming disk magnit qatlamiga tegishi (buzilishi)ning oldini oladi. 
Zarba bilan urilganda yoki kuchli turtilganda kallak disk sirtiga tegib 
ketishi va magnit qatlamini buzishi mumkin. Ba’zan kallakning o'zi ham 
zararlanadi.
Kallak bilan disk orasidagi havo tirqishi shunchalik kichikki, bu 
tirqishdan oddiy chang emas, balki tamaki tutuni tarkibidagi mayda qattiq 
zarrachalar ham o‘tmaydi. Bunday zarrachalar vinchesteming germetik 
koфusidagi ventilyatsiya teshiklaridan o‘tish qobiliyatiga ega. Garchi ular 
filtrlar bilan berkitilgan bo‘lsa ham. Chang yoki chekilgan xonada bikir 
disklar ishdan tez chiqishini ekspertlar aniqlashgan.
Zamonaviy bikir disklar 500 Gbayt va undan katta hajmga ega. 
Bunday hajm MPEG2 (video formati)ni ikki sutka davomida uzluksiz 
yozishga yetadi.
Operativ xotiraga nisbatan bikir diskdan ma’lumotlar sekinroq
64


uzatiladi, ammo ta’minot uziigandan keyin ham ma’lumotlar bu diskda 
qoladi. Lekin boshqa tashqi (mexanik) xotirada saqlovchi qurilmalaming 
ko‘piga qaraganda bikir disklar ishining tezligi katta.
Oddiy personal kompyuterlaming ko‘pchiligida IDE turidagi bikir 
disklar qo‘llanadi. IDE (uning o‘zi EIDE, ATA, ATAPI) - bu interfeys -
onalik platasi shinasiga bikir disk dasturiy va apparatli usulda ulanish turi. 
EIDE interfeysi bunday turdagi to'rttagacha qurilmani ulash imkonini 
beradi (bikir diskdan tashqari lazerli disklar - DVD-ROM uchun 
diskovodlar bo‘Iishi mumkin).
Tizim unumdorligiga yuqori talablar qo'yilgan hollarda bikir disk va 
onalik platasining asosiy shinasi orasida ma’lumotlaming katta tezlikda 
uzatilishini ta’minlaydigan interfeys - SCSI deb nomlanadigan 
interfeysdan foydalaniladi. Yuqori unumdorlikdan tashqari u tizimga 16 
tagacha SCSI deb nomlanadigan qurilmalarini ulash imkonini beradi. Bu 
turdagi qurilmalar ancha qimmat bo'lganligi sababli, SCSI interfeysi 
odatda ishxonadagi kompyuterlarda qo‘llanadi.
Diskli to‘plagichlar ham statsionar tizimlarda va ham portativ 
tizimlarda ishlatiladi. Portativ tizimlarda sig'imi va maTumotlarni uzatish 
tezligidan tashqari, diskli to‘plagichning gabaritlari va og‘irligi hamda 
zarbiy yukka stabilligi muhim o‘rin egallaydi.

Download 6,54 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish