• Video tezlanishni optimallashtirish
  • 3D-tezlatkich
  • Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




    Download 6,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/206
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,54 Mb.
    #158935
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
    Bog'liq
    Kompyuterli Loyihalash

    3.5.5. Grafikaviy tezlatgichlar
    Zamonaviy videokarta - o‘z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va 
    monitor uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi 
    paytda bu o‘zining mikroprotsessorlariga ega boigan kichkinagina 
    kompyuter boiib, o‘zi hisoblami bajarish va ekranda nima va qanday 
    qurilayotganini boshqarish qobiliyatiga ega. Videokartalaming hisoblami 
    va tasvirlami qurish qobiliyati apparatli videotezlanish deb ataladi (agar 
    videokartada bunday qobiliyat boimasa, yuk asosiy protsessorga tushadi 
    va bu holda dasturiy videotezlanish haqida gapiriladi). Zamonaviy 
    kompyuter o‘yinlari uchim videoadapterda tezlanish funksiyalarining 
    boiishi zarur.
    Videokarta qandaydir hisoblami bajara olishi uchun u berilgan 
    algoritmlar bo‘yicha ishlashi kerak. Nozik joyi shundaki, dastur tuzayotgan 
    dasturchilar bu algoritmlar haqida oldindan bilishlari lozim. Bundan besh 
    yil oldin sharoit bunday edi - videokartalarni ishlovchilar ularga 
    tezlatuvchi funksiyalar kiritishar, lekin foydalanilishi mumkin boigan 
    dasturlar yo‘q edi, ular umuman mavjud emas edi. Bunday hollarda odatda
    73


    videokartaga alohida diskda qandaydir bittagina о‘yin ilova qilinar edi, 
    unga qaraganda sotib oluvchi qoyil qolardi, lekin qolgan boshqa hamma 
    dasturlar bilan videokarta oddiydek ishlar edi. 
    Video tezlanishni 
    optimallashtirish
    atamasi shunday paydo bo‘ldi. Bunday hollarda ushbu 
    dastur ushbu videokarta uchun optimallashgan yoki, aksincha, videokarta 
    ushbu dastur uchun optimallashgan deyilardi; bunda videokartani 
    yaratuvchilar va dastumi yaratuvchilar hamkorlikda ishlagan bo‘lardilar.
    3D-tezlatkich
    ko‘p miqdordagi mayda zarrachalardan tasvimi 
    yasaydi, ularning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini, bir-birini qanday to‘sishini 
    aniqlaydi, so‘ngra ularni bo‘yaydi yoki tayyorlab qo‘yilgan tekstura 
    (tuzilma) bilan to‘ldiradi. Tabiiyki, bularning hammasini har xil 
    algoritmlar yordamida bajarish mumkin. Shuning uchun bu jabhada uzoq 
    vaqt yagona standartlar bo‘lmadi va dasturlami hamda videokartalami 
    ishlab chiqaruvchilar «klan»larga ajralib ketdilar. Standartlar paydo 
    bo‘lganda esa, ular orasida kurash boshlanib ketdi. Kompyuter texnikasida 
    «standartlar kurashi» bilan tez-tez uchrashishga to‘g‘ri keladi. Mahsulotni 
    sotib olish paytida qaysi standart yutib chiqishini topa bilsak, bu uning 
    uzoq vaqt va ajoyib ishlashini ta’minlaydi. Agar topa olmasak, yaqin 
    kelajakda sotuvda paydo bo‘ladigan kompyuter o ‘yinlari va boshqa 
    dasturlar bizning kompyutyerda ishlamaydi (agar ishlasa ham juda sekin 
    ishlaydi), chunki bizning jihozlarimiz ishlab chiqamvchilar nazarda tutgan 
    qandaydir funksiyalami bajarmaydi.
    3D-grafika jabhasida standartlar kutubxona\ax deb ataladi. Bu atama 
    dasturchilardan keldi. 0 ‘zlarining mikrodasturlarini (ulardan dastur 
    yig‘iladi) ular bu mikrodasturlami kutubxonalarga biriktirish yo‘li bilan 
    standartlashtiradilar. Agar videotezlatkich XYZ fmnasining standart grafik 
    kutubxonasi bilan ishlash uchun optimallashtirilgan bo‘Isa, bu firmaning 
    hamma dasturlari tezlanish funksiyalaridan foydalandilar.

    Download 6,54 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




    Download 6,54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

    Download 6,54 Mb.
    Pdf ko'rish