4 - BOB. KOMPYUTERLI LOYIHALASHDA OPERATSION
TIZIMLAR
4.1. Operatsion tizimlar haqida umumiy ma’lumotlar
Operatsion tizim (ОТ) - hisoblash tizimi (HT)ning
hamma
resurslaridan eng samarali foydalanish va u bilan ishlash qulay bo‘lishi
uchun mo‘ljallangan tizimli boshqaruvchi va ishlovchi dasturlar
kompleksidir. Hozirgi paytda tezkorligi
sekundiga bir necha million
operatsiya bo‘lgan yuqori unumdorli HTlami faqat ОТ yordamida to‘liq
yuklash mumkin. HTlarining dasturiy ta’minotida operatsion tizim asosiy
o‘rinni egallaydi, chunki u hisoblash jarayonining hammasini rejalashtiradi
va nazorat qiladi. Dasturiy ta’minotning istalgan
komponenti albatta ОТ
boshqaruvida ishlaydi. Zamonaviy foydalanuvchi ОТ vositalarisiz HT
bilan muloqot
qilish imkoniyatiga ega emas, chunki ОТ unga matnni
muharrirlash,
dasturlarai sozlash, dialogni tashkil qilish,
fayllar bilan
ishlash va boshqa hisoblash protseduralari uchun har xil servis xizmatlarini
taqdim etadi.
Dastlab zamonaviy OTlarning prototipi kompyuter ikkinchi avlodi
operatorlarini lentalar va perfokartalar
kolodasini mos hisoblash
qurilmalariga
o‘rnatish,
bajarish
dasturlami
yuklash
(kiritish),
ma’lumotlami o‘qishdagi va protsessor navbati (ketma-ketligi)ni tuzish,
lentani qayta o‘rash va h.k. kabi oddiy (qoloq) ishlardan ozod qilish
vositasi sifatida yaratilgan.