3.14-rasm. SFR bo‘linmasi
SFR texnologiyasi unumdorlikni sezilarli (ba’zi hollarda 90% gacha)
orttiradi va istiqbolda to‘rtta protsessorni birlashtirish imkonini beradi.
SLI - rejimi da videokartalarning normal ishlashi uchun ikkita slotli,
PCI Express 16x kartali qurilma o‘matilishini nazarda tutuvchi va bu ikki
slotning har birida PCI Express ning 8 yoki hamma 16 liniyalarining ishini
quwatlovchi onalik platasi zarur (3.15-rasm). («Oddiy» i915P tipidagi
chipsetlarda SLI ning nostandart qo‘llanishlari mavjud, unda PCI-E 16x
slot to'liq bo‘lib, ikkinchisida esa PCI-E ning faqat 4 ta yoki hatto 2 ta
liniyasi mavjud. Bunday yechimni nVidia rasman quwatlamaydi, chunki
uning «to'laqonli» SLI ga nisbatan unumdorligi va moslashuvchanligi
sezilarli darajada yomon).
3.15- rasm. SLI bo'linmasi ulangan holatdagi ko’rinishi
SLI aktivlashganda unumdorlikning ortishi foydalaniladigan ilovaga
juda bog‘liq - ilova SLI bilan ishlash va videorejim uchun optimallashgan
bo‘lishi kerak.