• High Color
  • 3.5.2. Videoxotira Eng birinchi SHK
  • True Color
  • Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati




    Download 6,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/206
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,54 Mb.
    #158935
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206
    Bog'liq
    Kompyuterli Loyihalash

    Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati
    bevosita ekranga chiqariladigan 
    tasviming alohida nuqtalari - piksellar bilan bog‘liq. Odatda gorizontal va 
    vertikal bo‘yicha piksellar soni haqida gapiriladi. VGA rejimida aniq va 
    har xil tasvirlash qobiliyati - 640x480 nuqta. Bugungi kunda SVGA -  
    800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200 va undan ko‘p nuqtalar 
    rejimlari qoilanmoqda.
    Bir paytda aks ettiriladigan ranglar sonini rang chuqurligi yoki rang 
    tasvirlash qobiliyati
    deb ataladi. Rang tasvirlash qobiliyati tasviming har 
    bir nuqtasi uchun xotiraning necha biti ajratilganiga bog‘liq. Sakkiz bit 
    ajratilganda mumkin bo'lgan ranglar soni 256 (ikkining sakkizinchi 
    darajasida)ta, 16 bit 65 536 rangni beradi - bu rejim High Color deb 
    ataladi, True Color (16 111 216 rang) rejimi piksellar rangini 
    kodirovkalash uchun 24 bitdan foydalanilganda erishiladi.
    Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, 
    masalan, bir nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko‘rinadigan ranglar soni 
    ortmaydi. Qo‘shimcha raziyadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus 
    dasturlar tomonidan grafikani aks ettirish operatsiyalarini tezlashtirish 
    uchun yoki poligrafiya mahsulotini tayyorlashda kompyutyerdan 
    foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun foydalaniladi.
    3.5.2. Videoxotira
    Eng birinchi SHK kompyuterlari uchun maxsus videoxotira talab 
    qilingan. Kompyuteming asosiy xotirasida maxsus zona ajratilar va shu 
    zonada ekran tasviri saqlanar edi. Agar tasvimi o‘zgartirish zarur bo‘lsa, 
    bu xotira yacheykasiga boshqa qiymatlar yozilar edi. Zamonaviy 
    kompyuterlarda tasvirlami saqlash uchun asosiy xotiradan foydalanilmaydi
    - agar videoadapter platasiga yuqori tezlikda ishlaydigan maxsus xotira 
    mikrosxemasi joylashtirilsa, hammasi juda tez ishlaydi.
    Videokarta ta’minlaydigan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati va 
    rang chuqurligi qanchalik katta boisa, videoxotiraga talab shunchalik 
    katta bo‘ladi. Agar videoxotira 1 Mbayt xotiraga ega bo‘lsa, uning 
    imkoniyati maksimal rejimda 256 rangda 1024x768 nuqta yoki 16,8 mln. 
    rangda 640x480 nuqta bo‘ladi. Agar 2 Mbayt bo‘lsa, True Color rejimiga
    70


    800x600 nuqta tasvirlash qobiliyatida, 4 Mbayt bilan esa - 1280x1024 
    nuqtada erishiladi.
    Namunaviy 
    kompyuterlar 
    uchun 
    videoxotiraning 
    namunaviy 
    o‘lchami kompyuter vazifasiga bogiiq. Hujjatlar bilan ishlangan taqdirda 
    2-4 Mbayt bemalol yetadi, agar grafika bilan ishlaydigan boisa, 8-6 
    Mbayt boigani ma'qul, lekin videoadapterga eng yuqori talablarni 
    multimediali ilovalar, ayniqsa kompyuter o‘yinlari, qo‘yadi. Sekin 
    videoadapter hatto zamonaviy kompyutyerda ham o'yinli dasturni 
    tormozlashi mumkin. Shiming uchun agar kompyuter kompyuter o‘yinlari 
    uchun foydalaniladigan bo‘lsa, 16-32 Mbayt xotirali videoadapter bo‘lgani 
    ma’qul.

    Download 6,54 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206




    Download 6,54 Mb.
    Pdf ko'rish