lazerdan foydalaniladi.
• DVD-10 -
ikki tarafli, bir qatlamli, 9,4 Gbayt hajmli disk. Bir-biri
bilan ichki tarafi bilan biriktirilgan ikkita shtamplangan qistirmadan tarkib
topgan. Yozilgan qatlam (har bir tarafdagi nolinchi qatlam) odatda
alyumin qoplamaga ega. E’tibor bering: bu turdagi disklar -
ikki taraflidir;
hisoblovchi lazer to'plagichning quyi qismida joylashgan, shuning uchun
diskning ikkinchi tarafmi o‘qish uchun uni joyidan olish va o‘girib
o‘matish zarur.
• DVD-18 - ikki tarafli,
ikki qatlamli, 17,1 Gbayt hajmli disk. Har
bir tarafida ikki qatlamli yozuvni birlashtirgan. Disk ikki tarafli bo‘lib,
uning har bir tarafi ikki shtamplangan qatlamlardan shakllanadi, ular bir-
biriga orqa qismlari bilan biriktiriladi. Tashqi qatlamlar (diskning har bir
tarafidagi 0-qatlam) yarim shaffof
tilla plyonka bilan qoplangan, ichki
qatlamlar (har bir tarafdagi 1-qatlam) alyumin qoplamaga ega. Bir qatlamli
diskning aks ettirish qobiliyati 45-85%, ikki qatlamliniki esa - 18-30%.
Aks ettirish xossalarining bir xil emasligi kuchaytirishni avtomatik rostlash
sxemasi bilan kompensatsiyalanadi.
DVD diskining markaziy teshigi 15 mm li diametrga ega, ya’ni uning
qirralari disk markazidan 7,5 mm li radiusda joylashgan. Diskni fiksatsiya
qilish jabhasi (Hub Clump Area - HCA)
markaziy teshik qirrasidan
boshlanadi va disk markazidan 16,5 mm masofada tugaydi. Boshlang‘ich
(yoki nolinchi) jabha 24 mm radiusda boshlanadi va disk markazidan 58
mm masofada joylashgan oxirgi (yoki o‘rta) jabha bilan tugaydi. Rasman
disk yo‘lakchasi uning markazidan 58,5 mm masofada tugaydi; so‘ngra
1,5 mm kenglikdagi bufer zonasi joylashadi.
Bir tezlilik (lx) to‘plagich DVD-ROM maTumotlami 1,385 Mbayt/s
ga teng tezlikda uzatilishini ta’minlaydi, bu 9x CD-ROM ning
maTumotlami
uzatish
tezligiga
ekvivalent
(lx
CD-ROM
ning
ma’lumotlami uzatish tezligi 153,6 Kbayt/s yoki 0,1536 Mbayt/s).
Lekin
bu lx DVD-ROM to‘plagichi kompakt-disklami to‘qqiz marta tezroq
o‘qishini bildirmaydi; DVD to'plagichlarining aylanish tezligi CD-ROM
ga o‘xshash to'plagichlarining aylanish
tezligidan atigi uch marta
kattaroqdir. Shunday qilib, lx DVD to‘plagichining aylanish tezligi 2,7x
CD-ROM to‘plagichi aylanish tezligiga deyarli teng. DVD-ROM
texnikaviy xarakteristikalarida odatda ikkita parametr ko‘rsatiladi, ulardan
biri DVD disklarini o‘qish
tezligini, ikkinchisi esa - kompakt-disklarni
o'qish tezligini belgilaydi. Masalan, DVD-ROM 16x/40x parametrga ega
bo‘lsa, u mos ravishda DVD disklarini va kompakt disklami o‘qish
tezligini bildiradi.