Turli tizimiy shinalar uchun ID E interfeyslari




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

3.4.2. Turli tizimiy shinalar uchun ID E interfeyslari
Serial АТА.
ATA-6 standarti paydo bo‘lgandan keyin 10 yildan ortiq 
foydalanilgan parallel interfeys o‘yindan chiqqandek tuyulishi mumkin. 
Tekis kabeldan ma’lumotlami 100 Mbayt/s tezlikda uzatish signallarni 
sinxronlashtirish va elektromagnit nurlanish bilan bog'liq bo'lgan ko‘p 
muammolami tug‘diradi. Fizik to‘plagichlar parallel interfeysining o‘miga 
kelgan yangi ketma-ket interfeys ATA (Serial ATA) bu muammolaming 
yechimi bo‘ldi (3.11- rasm).
Serial ATA dasturiy darajada qayta moslanuvchan, ya’ni ilgari 
foydalanilgan dasturiy ta’minot yangi arxitektura bilan hech qanday 
cheklashlarsiz muloqotda bo‘ladi. Boshqacha aytganda, parallel ATA bilan 
ishlovchi mavjud kiritish-chiqarish bazaviy tizimi, operatsion tizimlar va 
utilitlar ketma-ket interfeys bilan ham shunday ishlaydi. Serial ATA 
mavjud ATA va ATAPI qurilmalarining hammasini quwatlaydi; CD- 
ROM, CD-RW va DVD diskovodlari, magnit tasmasida to‘plagichlar, 
SuperDisk 
diskovodlari 
hamda 
hozirgi 
paytda 
parallel 
ATA 
quwatlaydigan boshqa turdagi to‘plagichlar ham ushbu qurilmalar 
qatoriga kiradi. Albatta, ba’zi bir fizik farqlar ham mavjud: masalan, ATA 
standarti diskovodini ATA ketma-ket interfeysining xost-adapteriga ulab
65


bo‘lmaydi va aksincha. Serial ATAda ancha torroq 7 kontaktli kabellardan 
foydalaniladi, 
ular 
tizimiy 
komponentlaming 
ulash 
sxemasini 
soddalashtirish va kabel boiinmalari gabaritlarini kichiklashtirish 
imkonini beradi. Serial ATA mikrosxemasining konstruksiyasi kontaktlar 
sonining kamligi va ta’minot kuchlanishining pastligi bilan ajralib turadi. 
Bu o‘zgarishlar ATA parallel interfeysiga xarakterli bo‘lgan ko‘p 
muammolarni bartaraf qilish imkonini beradi.
SATA kabelining maksimal uzunligi bir metr (39,37 dyuym), bu 
ATA parallel interfeysining 18 dyuymli maksimal qiymatidan ancha katta. 
Ancha tor, uzun va arzon kabeldan foydalanuvchi ketma-ket interfeysning 
ma’lumotlami uzatish tezligi 150 Mbayt/s ga teng (parallel ATA/100 
uzatish tezligidan bir yarim marta katta). SATA II versiyasida bu tezlik -
300, SATA III versiyasida esa - 600 Mbayt/s gacha ortdi.
Kabel bo‘ylab uzatilayotgan ma’lumotlami kodlash va dekodlash 
uchun Serial ATA 8V/10V nomini olgan shifrlashning maxsus sxemasidan 
foydalaniladi. 
Dastlab 
8V/10V 
kodi 
1980- 
yillaming 
boshida 
ma’lumotlami tezkor uzatishda foydalanish uchun IBM kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan. Hozirgi paytda bu sxema 
ma’lumotlami tezkor uzatish standartlarining ko‘pida, jumladan, Gigabit 
Ethernet, Fibre larda ham foydalanilmoqda.
3.11- rasm. SATA standarti qattiq disklarining ulanish prinsipi

Download 6,54 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli tizimiy shinalar uchun ID E interfeyslari

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish