jabhalarini doimo nazorat qilish; raqobatchi masalalar orasida uni ratsional
taqsimlash;
tashqi
tashuvchilardagi
ma’lumotlar
to‘plamlarini
sanksiyalanmagan kirishdan himoya qilish; masalalar orasida soni
cheklangan tashqi qurilmalami taqsimlash va h.k.lami hisobga olishga
to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, natijada juda murakkab va beso'naqay operatsion
tizim hosil boiadi, bu esa o‘zlashtirish va ekspluatatsiya qilish qiyinligi;
hisoblash resurslarining sezilarli qismini foydalanuvchi masalalarini
yechish uchun emas, balki operatsion tizim talablarini qondirishga sarflash
kabi salbiy taraflarni tug‘diradi.
Hamma resurslami ratsional taqsimlash va hisoblash tizimining
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishdan tashqari operatsion tizim
foydalanuvchiga turli servis xizmatlari: kirishning standart metodlari,
utilitlar, rostlash, teledostup vositalari va vazifa oiishining hamma
bosqichlarini batafsil diagnostika qilish, avariyali damplami olish
imkoniyati va sh.k.larni taqdim qiladi.