Yaxshioperatsion tizim qanday bo4ishi kerak?




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

Yaxshioperatsion tizim qanday bo4ishi kerak?
Yaxshi operatsion tizim shimday bo'lishi kerakki, ertalab uyg‘onib 
baland tovush bilan «Kefir bilan bulochka va omletni xohlayman» deyish 
mumkin bo‘lsin. Kompyuter «oshxona kombayni»ga an’anaviy omlet 
tayyorlashga buyruq bersin, kefir bor yoki yo‘qligini sovutkichdan so‘rasin 
va agar kefir sovutkichda yo‘q boisa, eng yaqin magazinga zudlik bilan 
yetkazishga buyurtma bersin. Darvoqe, eltuvchi bilan hisob-kitob qilishga 
ovora bo‘lmasligingiz uchun, kompyuter Sizning bankdagi hisobingizdan 
zarur boigan summani magazin hisobiga o‘tkazsin, Sizga esa kvitansiyani 
pechatlab qo‘ysin.
Agar Siz buni fantastika deb o‘ylasangiz, xulosa qilishga 
shoshilmang. Bu - bugungi kunda voqelikdir. Bu turmushda hozircha 
boim asa ham, laboratoriyalarda ishlamoqda. Agar Siz «oshxona 
kombayni»ni 
magnitofonga, 
«omlet»ni 
esa 
xushohang 
kuyga 
almashtirsangiz, bunday tizimni ertagayoq o‘zingizga yaratishingiz 
mumkin.
Agar pazandalik masalalarini yaqin kelajakka qoldirsak, hozir bizga 
operatsion tizimdan hech boimaganda quyidagilar kerak:
• 
operatsion tizim rivojlanib boruvchi boiishi lozim. Agar u 
«sovutkich bilan ishlashni bilmasa ham», dasturlarni yuklay olishni va
78


ishga tushirishni uddalay olishi lozim (dasturlar operatsion tizimdan farqli 
oiaroq buni bajarishni bilishmaydi). Umuman, ОТ bizga zarur bo‘lgan 
istalgan dasturlami, xoh u bank hisobini olib borish uchun va xoh oddiy 
kompyuter o‘yinlari bo‘lsin, yuklashni va ishga tushirishni uddalashi 
kerak. To‘g‘ri, bu dasturlar ushbu operatsion tizim uchun maxsus yozilgan 
bo‘lishi zarur. Bunday dasturlar ilovalar deb ataladi. Matn muharriri - bu 
ham ilova. Hatto kompyuter o‘yinlari - bu o‘yinli ilovalardir.
• operatsion tizim apparatura va ilovalar orasida vositachi boiishi 
kerak. Minglab har xil sichqonchalar va joystiklar, yuzlab printerlar, 
yuzlab har xil turdagi tovush va videokartalar mavjud. Ularning hammasi 
har xil, lekin Sizni bu tashvishlantirmasligi kerak. Bu Sizning 
tashvishingiz emas. Sizga faqat bitta narsa - kompyuteringizdagi 
dasturlarning normal ishlashi kerak.
Dastumi tuzuvchi dasturchilar kompyuteringiz konfiguratsiyasi 
qandayligini qanday bilishsin? Ilgari, dastumi chiqarishayotganda o‘nlab 
turli videokartalar va tovushli kartalarga sozlash uchun maxsus dasturlar 
ilova qilinar edi. Baribir topisha olishmas edilar. Baribir ko‘p 
kompyuterlarda dasturlar ishlashni «istashmas» edi, chunki dasturchilar 
hamma narsani hisobga ololmaydilar. Ularga qiyin edi. Sotib oluvchilar 
esa norozi edilar.
Hozirgi paytda bu holat o‘zgardi. Vositachilik funksiyasini 
operatsion tizim o‘ziga oldi. G ‘aroyib «sichqon»ni sotib olib, uni bir marta 
o'matasiz, sichqon operatsion tizimga o‘zi haqida hamma narsani 
«ma’lum qiladi». Operatsion tizim Sizning sichqoningiz haqida hamma 
narsani biladi va buni uning dasturiga «tushuntira oladi».
• operatsion tizim sozlanadigan bo‘lishi kerak. Bugun Siz sichqon 
yordamida boshqarmoqdasiz, ertaga - joystik yordamida, indinga esa balki 
dasturlami boshqarishning boshqa yo‘li topilar. Operatsion tizim bu 
qurilmani «o‘ziniki»dek qabul qilishi, imi o‘zining tarkibiga qo‘shib 
qo‘yishi va u bilan sichqon o‘miga ishlashi lozim. Bu holda dasturlami 
ishlab chiquvchilarning Siz qanday qurilma bilan ishlayotganingizni 
o'ylashiga hojat qolmaydi.
• operatsion tizim do‘stona bo‘lislii kerak. Buning ma’nosi - u 
tushunarli va qulay bo‘lishi lozim. Lekin bu hali kam. U foydalanuvchi 
didi bo‘yicha sozlanishi zarar. 0 ‘zbekistonda o‘zbek tilini tushunadigan, 
Rossiyada esa ras tilini tushunadigan tizim bilan ishlash qulay. Do‘stonalik 
ishlashning nostandart yo‘llarini ham nazarda tutadi, masalan, faqat bir 
qo‘lli yoki umuman qo‘li yo‘q nogironlar uchun. Yoki masalan, ko‘rish 
qobiliyati juda yomon bo'lgan odamlar uchun. Do‘stonalik Siz bundan
79


keyin nima qilishingizning oldini olishi va Sizni xavfli harakatlarning 
mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ogohlantirishi kerak.
• operatsion tizim «shaffof» boiishi kerak. Deraza oynasidan 
ko‘chaga qaraganingizda ko‘p qiziq voqealami ko‘rasiz. Bunda oynadan 
foydalanasizmi? 
Albatta! 
Sizning 
xayolingizga 
shisha 
nimadan 
tayyorlanganligi keladimi? Shisha qaysi usulda tayyorlanganligi Sizni 
tashvishlantiradimi? Siz shishaga e’tibor bermaysiz va hattoki uni 
sezmaysiz. Undan faqat foydalanasiz va u qanchalik kam sezilsa (unda 
chang qanchalik kam boisa), u shunchalik yaxshi xizmat qiladi.
Operatsion tizim uchun «shaffoflik» - ahamiyatli xossa. Gap 
shundaki, 
«do‘stona» 
tizim «oddiy» tizim degani 
emas. 
Axir 
imkoniyatlaming har xilligiga faqat turli sozlashlaming m o i-k o ilig i bilan 
erishiladi. Bu esa oddiylik emas.
Demak, yechim «shaffoflik»da. Bola o'ziga kerak boigan narsani 
o'zining darajasida tez o‘zlashtirib olishi lozim. Tajribali foydalanuvchilar 
chuqurroq, har biri o‘z darajasiga yaiasha, anglashi mumkin. Faqatgina, 
operatsion tizim bilan ishlagani uchun maosh olyapmiz deb hisoblovchi 
mutaxassislargagina u oxirigacha namoyon boiadi. Shunda ham hamma 
ham emas va hamma vaqt ham emas.
• Operatsion tizim dasturiy ilovalar bilan qoilab-quwatianishi 
zarur. Agar uning uchun dasturlar qilinmasa, bunday yaxshi tizimdan nima 
foyda? Kompyuter bilan ishlashdan maqsad axir operatsion tizim bilan 
emas, balki dasturlar bilan ishlashda-ku.
• Zamonaviy operatsion tizimlardan ko‘p masalalilik talab qilinadi. 
Bir vaqtaing o'zida bir necha dasturlar bilan ishlash juda qulay. Bu holda 
Sizning qoiingizda matn, illyustratsiyalar, musiqa va videokliplami o‘z 
ichiga olgan murakkab hujjatlarni yaratishda qudrath qurol boiadi.
• Agar operatsion tizim bitta kompyuterga xizmat ko‘rsatishni 
qoyillatsa, 
shuning 
o‘zi ham yaxshi. 
Lekin bu yetarli emas. 
Kompyuterlarning asosiy massasi bugungi kunda tarmoqlarda ishlamoqda, 
buning uchun esa faqat bir kompyutemigina emas, balki butun tarmoqqa 
xizmat ko‘rsata oladigan maxsus operatsion tizimlar zarur.
• Operatsion tizim ishonchli ishlashi darkor. U Sizni tuzatib 
boimaydigan xatoliklardan asrashi, ishlayotgan dasturlaming ishdan 
chiqishiga yo‘1 qo‘ymasligi va mabodo bunday hoi ro ‘y bersa, avariyali 
vaziyatdan bezarar chiqish imkonini bersin.
• Operatsion 
tizimga 
bunday 
b o igan 
ahamiyatli 
talab 
-
xavfsizlikdir. U nisbatan yaqinda paydo b o id i va kompyuter tarmoqlari 
bilan bogiiq. Operatsion tizim informatsiyani o‘g ‘irlashdan va ularga
80


zarar yetkazishdan himoya qilish uchun zarur vositalami taqdim etishi 
kerak. Agar Sizning kompyuteringiz tarmoqning bir qismi bo‘lib qolsa, 
masalan, internetga ulangandan keyin, demak, unga shunday operatsion 
tizim 
kerakki, 
yovuz 
niyatli 
odamga 
aloqa 
seansi 
paytida 
kompyuteringizdagi informatsiyani o ‘chirishgayo‘l qo'ymasin.
Xulosaga quyidagilami aytamiz: agar protsessor kompyuteming 
miyasi bo‘lsa, bikir disk - uning yuragidir, operatsion tizim esa -
kompyuter qalbidir. Inson qalbi kabi uni na ko‘rib bo‘ladi va na ushlab 
bo‘ladi, lekin uning namoyon bolishiga biz doim duch kelamiz. 
Operatsion tizimsiz kompyuter o‘likdir.

Download 6,54 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yaxshioperatsion tizim qanday bo4ishi kerak?

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish