O‘qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha




Download 5,55 Mb.
bet49/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

8.1. O‘qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha.
Ta’lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o‘ynagan. Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta’limni tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lgan. Ta’limni tashkil etish shakllari ma’lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan.
Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta’limning mukammal jamoa shakli ya’ni dars necha yillardan beri takomillashib, unga qo‘yilgan talablar murakkablashib va zamonaviylashib bormoqda.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo‘lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratdi.
Y. A. Komesnkiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo‘lsa ham g‘arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta’limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi. Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon mamlakatlariga tadbiq etilmadi. Ularda 1917 yilga qadar o‘rta asr maktablariga xos ta’lim tizimi (shakli) davom etib keldi. Ushbu maktablarda 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir xonada bir vaqt maboynida mashg‘ulot olib borilardi. Shu boisdan bolalarning bilim darajalari va o‘zlashtirishi ham turlicha bo‘lar edi.
O‘zbek maktablari oktabr to‘ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o‘tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg‘ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta’limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi.
Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘quvchilar guruhidir.
Dars deb bevosita o‘qituvchining rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg‘ulotiga aytiladi. Dars - o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars - o‘quv ishlarining markaziy qismidir.
Hozir maktablarimizda qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:

  1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo‘ladi.

  2. Dars mashg‘uloti asosan 45 minutga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.

  3. Dars bevosita o‘qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.

  4. Dars o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.

Endilikda mustaqil respublikamiz xalq ta’limi oldiga qo‘ygan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda. Bugungi kunda maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.

  1. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar.

  2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar.

Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg‘ulot o‘qituvchining kundalik o‘quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o‘quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ishlash, ekskursiyalar o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladi.

Download 5,55 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha

Download 5,55 Mb.