Sinf – dars shaklidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish




Download 5,55 Mb.
bet50/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

8.2. Sinf – dars shaklidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish.
Ta’lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o‘quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko‘tarishni talab qiladi.
Har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. Maktablarimizda darsning boshlanish davrini - darsning tashkiliy daqiqalari deb ataladi. Biroq, bu dars shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kerak. Tashkiliy daqiqada sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir. Tajribali va mahoratli o‘qituvchilar fursatni qo‘ldan bermay, o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmay, darhol ish boshlab yuboradilar. Ayni paytda o‘qituvchi oldida ikki vazifa – butun sinf o‘quvchilari diqqatini o‘ziga jalb qilish va butun sinf o‘quvchilarini tezlik bilan mashg‘ulotga faol kirishishlarini ta’minlash vazifalari turadi.
Dars mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o‘qtirish bilan boshlanadi. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bo‘lsa, dars mavzusi aytiladi. Darsda rejada mo‘ljallangan materialni o‘tib bo‘lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak. Shuningdek, o‘qituvchi darsni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi, turli xil ta’lim metodlaridan unumli foydalanish va o‘quvchilarga ko‘proq muammoli vaziyatlar yaratish orqali ularga yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi.
Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad – ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashdir. Buning uchun:
a) o‘tilayotgan mavzudan ko‘zlangan maqsadni o‘qtirish bilan bir vaqtda, o‘quvchilar materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo‘lishlari kerak. YA’ni o‘qituvchi bayon qilayotgan mavzu o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o‘zlashtirishga intilishlarini ta’minlamog‘i lozim;
b) Ajratilgan vaqt ichida o‘qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o‘quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta’minlash juda muhimdir. O‘qituvchi darsda mavzuni bayon qilish davomida o‘quvchilarga muammoli vaziyat tug‘diradigan savollar berib, ularni fikrlash va izlanishga undasa o‘quvchilar ushbu materialni puxta o‘zlashtirib oladi.
v) Bilimlarni bayon qilish jarayonida o‘quvchilar faolligi (og‘zaki, yozma mashqlar va laboratoriya-tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog‘i lozim. Bu o‘z navbatida, o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga hizmat qiladi va to‘g‘ri baholash uchun katta imkoniyat tug‘diradi.
g) dars jarayonida o‘tilayotgan o‘quv materiallari boshqa fanlarning aloqador mavzulari bilan bog‘lanishini ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega.
Darsda o‘quv – tarbiya ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik elementlari mujassamlangan deb hisoblash qabul qilingan. Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim. Umuman olganda, sinfga ham reproduktiv, ham ijodiy topshiriqlar berish mumkin.

Download 5,55 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf – dars shaklidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish

Download 5,55 Mb.