|
Ta’lim vositalari va ularning tasnifi
|
bet | 46/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe7.4. Ta’lim vositalari va ularning tasnifi.
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari –o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi va xar qanday axborot tashuvchi vositalardir.
Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq.
Ta’lim vositalari foydalanishi jixatidan quyidagi 3 qismga ajratiladi:
Ta’lim beruvchi uchun;
Ta’lim oluvchi uchun;
Dars o‘tkazish uchun.
Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvalar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta’limning passiv(sust) metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomo-nidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
7.5. Ta’limning texnik vositalari.
Ta’lim vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosib-likka e’tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni yetarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga yengil-yelpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya optimal hisoblanadi.
Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanili-shidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi – dars jarayonini faollashtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
- faoliyat subyektiga ko‘ra;
- faoliyat obyektiga ko‘ra;
- o‘kuv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
- o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
|
| |